Brifing: “O‘zbekko‘mir” AJda korrupsiyaga qarshi islohotlar va amaliy ishlar
Nashr qilingan sana: 16.12.2025 09:52:03
Ayni kunlarda mamlakatimizda Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi davom etmoqda. Ushbu oylik BMT Bosh Assambleyasining 2003 yil 21 noyabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq, 2004 yildan buyon har yili dekabr oyida 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan o‘tkazib kelinmoqda. Va “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda ham oylik doirasida qator targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bugungi brifingimizda jamiyatda amalga oshirayotgan ishlar va kelgusi vazifalar xususida ma’lumot berib o‘tamiz.
Korrupsiya mamlakatimizda iqtisodiyot va davlat boshqaruvi rivojiga jiddiy to‘siq bo‘lib, uni bartaraf etish davlat siyosati darajasida qat’iyat bilan olib borilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga qaratilgan huquqiy asoslar yaratildi. 2022 yilda PF-71, 2023 yilda PQ-147 va PQ-240 hamda 2024 yilda PQ-5177-sonli hujjatlar korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish va komplaens-nazorat tizimini kuchaytirish uchun aniq mexanizmlar belgilab berdi. Mazkur hujjatlar “O‘zbekko‘mir” AJ faoliyatida tizimli tarzda tatbiq etiladi, jamiyatda ochiqlik va mas’uliyatni oshirishga xizmat qilmoqda.
Bu asosda jamiyatda ichki nazorat tizimi mustahkamlandi va bir qator me’yoriy hujjatlar qayta ishlab chiqildi. 2024 yil yakunida 16 ta ichki me’yoriy hujjat yangilanib, filiallarda maxsus komplaens-nazorat shtatlari tashkil etildi. Bu tadbirlar korrupsion xavflarni barvaqt aniqlash, ichki nazorat samaradorligini oshirish va barcha jarayonlarni shaffoflashtirish imkonini berdi.
Jamiyat tarkibida 12 ta filial va qariyb olti ming xodim faoliyat yuritadi. Manfaatlar to‘qnashuvi ehtimoliga qarshi barcha xodimlar 2025 yilda deklaratsiyalar to‘ldirdi va ular tahlil qilindi. Tahlil natijasida 42 ta ehtimoliy holat aniqlanib, shulardan 16 tasi o‘z vaqtida hal qilindi, 27 ta holat yuzasidan filial rahbarlariga rasmiy ogohlantirishlar berildi, to‘rt xodimning tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatmaganligi uchun materiallar Odob-axloq komissiyasiga yuborildi.
Jamiyat markaziy apparati va 11 ta filialning 41 ta funksiyasi korrupsiyaviy xavf-xatarlar nuqtai nazaridan o‘rganildi va natijalar “E-anticor.uz” platformasiga yuklandi. 11 ta vazifada xavf darajasi “yuqori”, 15 tasida esa “o‘rta” ekanligi aniqlandi va ular bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Filiallarda xomashyo, mol-mulk va jihozlarni muhofaza qilishga qaratilgan profilaktik yig‘ilishlar o‘tkazildi, jihozlarni hisobdan chiqarish jarayonlari ustidan qat’iy nazorat o‘rnatildi, burg‘ulash uskunalarining kirim-chiqimi bo‘yicha kunlik va haftalik hisobot yuritish tizimi joriy etildi.
Shartnomaviy munosabatlarda shaffoflikni ta’minlash maqsadida 2025 yilda monitoring o‘tkazildi. Ayrim kontragentlar bilan tuzilgan shartnomalarda korrupsiyaga qarshi bandlar mavjud emasligi aniqlanib, mas’ul bo‘limlarga ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Bugungi kunda barcha mehnat va xo‘jalik shartnomalariga korrupsiyaga qarshi maxsus qoidalar majburiy ravishda kiritilgan.
Korrupsiyaga qarshi madaniyat va huquqiy ongni oshirish maqsadida 599 nafar xodim malaka oshirish kurslarida ishtirok etdi, filiallarda 15 ta seminar, trening va profilaktik tadbirlar tashkil etildi. “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan rasm tanlovlari va fotochellenjlar o‘tkazildi, xodimlar va yoshlar orasida faol fuqarolik pozitsiyasi targ‘ib qilindi.
Xulosa qilib aytganda, aniqlangan kamchiliklarni yashirish emas, balki ularni bartaraf etish va ichki nazoratni mustahkamlash jamiyatning ustuvor vazifasi hisoblanadi. Ochiqlik, qonuniylik va jamoatchilik ishtirokini kengaytirish orqali “O‘zbekko‘mir” AJ korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tizimli mexanizmlarni hayotga tatbiq etmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish har bir fuqaro va tashkilotning umumiy mas’uliyati bo‘lib, jamiyat ushbu yo‘nalishda amalga oshirgan ishlari bilan mamlakatda adolat va shaffoflikni ta’minlashga hissa qo‘shmoqda.
Murodjon Abduraimov,
“O‘zbekko‘mir” AJ komplaens nazorat xizmati komplaens inspektori
Oxirgi yangiliklar:
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish