Faol geologlar taqdirlandi
Nashr qilingan sana: 08.04.2025 00:00:14
.jpg)
Yakshanba kuni mamlakatimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni keng nishonlandi.
Kasb bayrami arafasida Kon-geologiya vaziri B.Islomovning Farmoyishiga asosan vazirlik va uning tizimidagi korxonalarda faoliyat yuritayotgan bir guruh faol geologlar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda jamiyat bosh direktori N.Dusmatov so‘zga chiqib, geologlarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Shu bilan birga, ularning respublika mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish, yer qa’rini o‘rganish hamda foydali qazilma konlarini ochishdagi xizmatlarini alohida e’tirof etdi va kelgusi faoliyatlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladi.
Kasb bayrami munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati bo‘yicha Kon-geologiya vazirligining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan geologlar:
1. Amanbayev Muxammadjon Shamsiddin o‘g‘li — “Apartak ko‘mir koni” filiali bosh geologi
2. Rustavelov Mirsaid Mirtemir o‘g‘li — “Angren ko‘mir koni” filiali gidrogeologi
3. Avezov Baxtiyer Yadgarovich — “Geologiya qidiruv ekspedisiyasi” filiali burg‘ilash qurilmasi mashinisti
4. Akkulov Sabir Tursunaliyevich — “Geologiya qidiruv ekspedisiyasi” filiali kompressor qurilmasi mashinisti
5. Turatoshev Shoxsuvor Baxriddinovich — “Geologiya qidiruv ekspedisiyasi” filiali gidrogeologi
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish