Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Nashr qilingan sana: 16.10.2026 15:42:41.jpg)
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz nafar tadbirkor faoliyat yuritmoqda. Ulardan biri ‒ Uychi tumanidagi «BEK KON-TA’MINOT» mas’uliyati cheklangan jamiyati.
‒ Angren konlaridan keltirilayotgan mahalliy ko‘mirni birja savdolari orqali xarid qilib, aholiga yetkazib beryapmiz. Mahsulot sifati yaxshi, iste’molchilar ham mamnun, ‒ deydi korxona rahbari Avazbek Abdullaev.
Qariyb 25 yildan buyon ko‘mir savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkor avvallari Qirg‘iziston va Qozog‘istondan yoqilg‘i olib kelgan. Endilikda esa mahalliy ko‘mir ta’minotiga hissa qo‘shmoqda. Korxona ixtiyorida maxsus ombor, avtoyuklagich, avtotarozi va ko‘mirni xonadonlarga yetkazib berish uchun transport vositalari mavjud.
Tadbirkorning aytishicha, mahsulot sifatini nazorat qilishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Ko‘mir yuklash jarayonida uning vakillari ishtirok etib, jarayonni bevosita kuzatadi.
Omborda xaridorlar bilan ham suhbatlashdik. Uychi tumanidagi Yanier mahallasida yashovchi Kimyoxon Xo‘jabekova Mycoal.uz platformasi orqali oilasi uchun besh tonna ko‘mirga buyurtma bergan.
‒ Navbatim kelgani haqida SMS-xabar oldim. Ko‘mirning sifati va narxini ko‘rib, ma’qul topdim. Uni uyimizga yetkazib berish xizmati ham bor ekan. Bu ancha qulay, chunki transportni alohida yollash qimmatga tushardi, — deydi u.
Aholining ko‘mir ta’minotida birja savdolari va elektron platforma mexanizmlaridan foydalanish xarid jarayonini yangi tartibda tashkil etish imkonini bermoqda. Iste’molchi uchun esa mahsulotni tanlash, narx va yetkazib berish shartlarini baholash muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 30 iyuldagi 418-son qarorida ko‘mir sanoatida bozor mexanizmlarini joriy etish tartibi belgilangan. Unga muvofiq, aholiga mahalliy ko‘mir sotish Mycoal.uz elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.
Ne’mat Dushaev,
“O‘zbekko‘mir” AJ Axbort xizmati rahbari
(2).jpg)
Oxirgi yangiliklar:
Muhofaza va ehtirom: Jamiyatda bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni. Ushbu sana mamlakatimizda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yangi...
O'qish
Kömir ta’minoti: tadbirkorlar bilan hamkorlik va amaliy kömak
“Özbekkömir” AJ tomonidan aholiga kömir yetkazib beriş jarayonida joriy etilgan yangi tartibni samarali taşkil etiş maqsadida kömir mahsulotlarini xarid qiluvçi tadbirkor...
O'qish
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish