Jamoa shartnomasi muhokamasi
Nashr qilingan sana: 03.04.2025 01:22:35Jamoa shartnomasi muhokamasi

“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida Jamoa shartnomasiga kiritiladigan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi va filiallardagi kasaba uyushmalari faollari hamda Jamiyat ijro apparati rahbar-mutaxassislari ishtirok etdilar.
Ma’lumot uchun, Jamoa shartnomasi ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi mahalliy normativ hujjat hisoblanadi.
Ushbu hujjatga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish taraflarning o‘zaro roziligi bilan Mehnat Kodeksida belgilangan tartibda, “O‘zbekko‘mir” AJ filiallari, ijroiya apparati mehnat jamoalarida muhokama qilinganidan so‘ng kasaba uyushmalarining yuqori tashkilotlarida ekspertizadan o‘tkaziladi.
Shartnomaga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar korxona mehnat jamoasining konferensiyasida ma’qullanganidan so‘ng kuchga kiradi.

Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish