JAMOATCHILIK KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
Nashr qilingan sana: 26.09.2026 20:28:00“O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi Angren ko'mir konida bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh direktorning matbuot kotibi va axborot siyosati masalalari bo’yicha maslahatchisi Ne’mat Dushayevning axboroti tinglandi va yig’ilish ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.
Yig‘ilishda Jamoatchilik kengashi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, jamiyat faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda Jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan tegishli masalalar yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, ularni amalga oshirish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilishda ishtirok eta olmagan Kengash a’zolari uchun jarayonni jonli efir orqali kuzatish imkoniyati yaratildi. Bu esa Kengash faoliyatida ochiqlik va ishtirok etish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qildi.
Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi hamda kelgusidagi ishlar bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Oxirgi yangiliklar:
Yoqilg‘i-energetika sohasi: aniq maqsad va vazifalar
Mamlakatimizda yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, boshqaruv samaradorligini oshirish va bozor tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy...
O'qish
Press-tur : bozor mexanizmlari Angren ko‘mir konida qanday joriy etilmoqda?
"O‘zbekko‘mir" AJ jurnalist va blogerlarni Angren ko‘mir konidagi ishjarayonlari bilan tanishtirdi. ANGREN, 25-sentabr 2026-yil. ‒ “O‘zbekko‘mir” AJ tomon...
O'qish
Hurmatli “O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari!
Hurmatli “O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari! Sizni Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga taklif etamiz. 📅 Sana: 25.09.2026...
O'qish