Jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish markazi tashkil etildi
Nashr qilingan sana: 12.11.2025 09:51:51Har bir korxona va tashkilot faoliyatida fuqarolar va yuridik shaxslar bilan samarali va ochiq aloqa ta’minlash har doim ustuvor maqsadlardan biri hisoblanadi. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida
bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish, murojaatchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish markazi tashkil etildi.
.jpg)
Markazning asosiy vazifasi – murojaatlarni qabul qilish, ularga tezkor va aniq izoh berish hamda zarur bo‘lsa, tegishli mutasaddilar bilan hamkorlik qilish orqali barcha masalalarni o‘z vaqtida hal
etishdan iborat.
Jamiyatning 2025-yil 4-avgustdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi 314-sonli buyrug‘i ijrosi doirasida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan
Markaz Angren shahridagi jamiyatning asosiy ma’muriy binosining 1-qavatida joylashgan. Bu yerda fuqarolar va yuridik shaxslar uchun barcha qulayliklar yaratilgan, zarur anjomlar,
ko‘rgazmali targ‘ibot vositalari va bannerlar bilan jihozlangan.
.jpg)
Markazga qonunchilikda belgilangan ish vaqti – 09:30dan 17:00ga qadar (tushlik vaqti 13:00dan 14:00ga qadar) murojaat qilish mumkin. Shu davrda murojaatchilarga texnik, amaliy va
axborot xizmatlari ko‘rsatiladi. Jamiyat mas’ullaridan iborat ishchi guruh murojaatlarni qabul qilish, izoh berish va zarur bo‘lganda tegishli mutasaddilar bilan hamkorlik qilish orqali barcha masalalarni
o‘z vaqtida hal qiladi.
Markaz orqali fuqarolar va yuridik shaxslar bilan munosabatlarda ochiqlik va adolat ta’minlanadi, xizmatlarning sifat va samaradorligi oshiriladi. Shu tariqa, “O‘zbekko‘mir” AJda jamiyat bilan
murojaatchilar o‘rtasida ishonchli aloqa mustahkamlanadi va fuqarolarning talab va ehtiyojlariga yanada samarali javob beriladi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir”: mehnatga ehtirom – yuksak e’tirof
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlanayotgan ayni kunlarda Prezidentimizning tegishli farmoniga muvofiq, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shi...
O'qish
Haftaning har jumasi – “O‘zbekko‘mir”da sport kuni
Ertalabki badantarbiya, kun davomidagi jismoniy harakat, tushlik vaqti hamda ishdan keyingi sport mashg‘ulotlari sog‘lom hayot tarzining oddiy, ammo samarali odatlaridir....
O'qish
Yangi Konstitutsiyaviy qonun: nimani bilish muhim?
2026-yil 14-avgustda qabul qilinib, shu kuni kuchga kirgan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiy...
O'qish
“O‘zbekko‘mir”da davlat mukofotlari o‘z egalariga topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezidentimizning tegishli farmoniga muvofiq, bir guruh yurtdoshlarimiz qatorida “O‘zbekko‘mir” AJ “...
O'qish