“Koinot” bolalar yozgi oromgohida yangi mavsum boshlandi
Nashr qilingan sana: 22.06.2025 13:03:06
2025-yil 21-iyun kuni “O‘zbekko‘mir” AJga qarashli “Koinot” bolalar yozgi sog‘lomlashtirish oromgohida joriy mavsumning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Shundan so‘ng, Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A. Nosirov so‘zga chiqib, oromgohda konchilar farzandlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilganini alohida ta’kidladi. Shuningdek, u bolajonlarga mazmunli va quvonchli hordiq tiladi.
Tantanali marosimda dam oluvchilar hamda Toshkent davlat sirki jamoasining chiqishlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Ma’lumot uchun: “Koinot” oromgohi Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi so‘lim Chetsuv qishlog‘ida joylashgan. Ushbu oromgoh yoz mavsumi davomida to‘rt navbatda faoliyat yuritilib, qariyb 1000 nafar konchilar farzandlarini sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan.

Oxirgi yangiliklar:
Ishga qabul jarayoni ochiq va shaffof tarzda yoritildi
Aksiyadorlik jamiyatida “Ochiqlik indeksi” talablari ijrosini ta’minlash maqsadida ishga qabul jarayonlari ochiq va shaffof tashkil etilmoqda. Jamiyatning idora qo‘riq...
O'qish
Mehnat ta’tili – xodimning qonuniy huquqi
#Huquqingizni bilasizmi? Xodimning mehnat unumdorligi uning dam olish sifati bilan bevosita bog‘liq. Shu bois mehnat qonunchiligi har bir xodimning mehnat qilishi bila...
O'qish
Infografika: “O‘zbekko‘mir” Ajda 2026-yilning I yarim yilligida murojaatlar bilan ishlash naijalarii
Infigrafika: “O‘zbekko‘mir” Ajda 2026-yilning I yarim yilligida murojaatlar bilan ishlash naijalarii
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: I yarim yillikda murojaatlar soni 5,1 foizga kamaydi.
“O‘zbekko‘mir” AJ: I yarim yillikda murojaatlar soni 5,1 foizga kamaydi 2026-yilning birinchi yarim yilligida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga 262 ta muroja...
O'qish