Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Nashr qilingan sana: 17.09.2026 11:55:34
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir bosqichida atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish kerak bo‘ladi. Shu bois ko‘mir sanoatida ishlab chiqarish hajmi bilan bir qatorda ekologik xavfsizlikka ham jiddiy e’tibor qaratish talab etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi 418-son qarorida ko‘mir sanoatida bozor mexanizmlarini takomillashtirish bilan bir qatorda, ekologik talablar, sanoat va yong‘in xavfsizligi masalalariga ham e’tibor qaratilgan.
“O‘zbekko‘mir” AJda atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish bo‘yicha qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
2026-yilda jamiyat hududlarida 5 ming tup ko‘chat ekildi. Yil yakuniga qadar yana 8 ming tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan. Ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash va sug‘orish uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.
Ko‘mirni qazib olish, tashish va saqlash jarayonlarida chang tarqalishini kamaytirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Ishlab chiqarish va ombor hududlarida suv sepish, namlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, Angren ko‘mir omborida chang tarqalishining oldini olish maqsadida hudud 3 metr balandlikdagi devor bilan o‘ralgan va kuniga uch marta suvlantirish yo‘lga qo‘yilgan.
Ekologik nazoratni kuchaytirish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalasi ham kun tartibida. Avtomatik atmosfera havosi monitoringi stansiyalari, chang-gaz tozalash uskunalari va oqova suvlarni tozalash texnologiyalarini o‘rganish hamda joriy etish bo‘yicha hamkorlik ishlari olib borilmoqda.
Ayni paytda sohada yechimini kutayotgan vazifalar ham mavjud. Chang va chiqindilar ta’sirini yanada kamaytirish, atmosfera havosi holatini muntazam nazorat qilish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish va buzilgan yerlarni tiklash shular jumlasidandir.
Kelgusida ekologik talablarni ishlab chiqarish jarayonlariga yanada chuqur joriy etish, zamonaviy monitoring vositalaridan foydalanish, yashil hududlarni kengaytirish va sanoat hamda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.
Ekologiya bir kunlik tadbir emas. Bu doimiy e’tibor va mas’uliyatni talab qiladigan yo‘nalish. “O‘zbekko‘mir” AJda bu boradagi ishlar ham mavjud imkoniyatlar va belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda izchil davom ettiriladi.
Akbar Yoqubov,
“O‘zbekko‘mir" AJ Ekologiya bo‘limi boshlig‘i

Oxirgi yangiliklar:
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish