Ko‘mir qazib chiqarishdan yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayon “O‘zbekko‘mir” AJ nazoratida
Nashr qilingan sana: 16.10.2025 21:39:31Joriy kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan aholi va byudjet tashkilotlarini arzonlashtirilgan mahalliy ko‘mir bilan ta’minlash ishlari izchil olib borilmoqda.
Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda aholiga ko‘mir tarqatish jarayoniga oid tanqidiy xabarlar tarqalmoqda. Xususan, Kun.uz saytida “Yarmi kukun, limit kam, ombor uzoq – popliklar ko‘mir ta’minotidan norozi” sarlavhali videolavha e’lon qilindi.
“O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan mazkur holat nazoratga olindi hamda muammoning asl sabablari o‘rganilmoqda. Bu haqda tez orada batafsil ma’lumot beriladi.
O‘z navbatida quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Jamiyat tomonidan joriy yilda 6,8 million tonna ko‘mir qazib olish, shuning 1 million 467 ming tonnasini respublika aholisi ehtiyoji uchun yetkazib berish rejalashtirilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan salkam 210 ming tonnaga ko‘pdir. 16 oktyabr holatiga tarqatilgan ko‘mir 196,9 (13 %)ni tashkil etadi.
Mahalliy qattiq yoqilg‘i Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-sentyabrdagi 551-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Respublika aholisini ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash to‘g‘risida Nizom” talablari asosida “Ko‘mir ta’minot” MCHJning 103 ta respublika hududiy ko‘mir omborlari va shoxobchalari orqali, Mycoal.uz elektron platformasida shakllantirilgan ro‘yxatga muvofiq hamda mahalliy hokimliklar tomonidan mahallalar kesimida tasdiqlangan qat’iy jadval bo‘yicha, mahalliy hokimliklar va jamoatchilik vakillari kuzatuvida tarqatiladi.
Alohida ta’kidlaymizki, Jamiyat tomonidan ortib yuborilgan ko‘mir mahsuloti hududiy omborlarda qayta saralanishi va elektron platformadagi ro‘yxatda mavjud bo‘lmagan shaxslarga sotilishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Taqsimot hududning iqlim sharoiti (qish mavsumining davomiyligi)dan kelib chiqib, 1–2 tonna miqdorda amalga oshiriladi.
Xaridor ko‘mirni o‘z hududidagi omborlardan sotib olayotgan chog‘ida sifat guvohnomasini talab qilish huquqiga ega.
“Ko‘mir ta’minot” MCHJ hududiy ko‘mir omborlarida aholi tomonidan xarid qilingan mahsulot omborga qarashli avtoyuklagichda bepul yuklab beriladi.
Xaridor sotib olingan yoqilg‘ini o‘zi istiqomat qiladigan manziliga olib ketish chog‘ida shaxsiy, shuningdek, o‘zaro kelishuv asosida ombor tasarrufidagi yuk avtomobillaridan foydalanishi yoki xususiy tashuvchilarni yollashi mumkin.
Aholi iste’molchilariga mo‘ljallangan mahalliy ko‘mirning sifat ko‘rsatkichlari ‒ markasi ko‘mir 2BRZ bo‘lib, fraksiyasi 25-500 mm., namligi 35, kulchanligi 18 foizni tashkil etadi (bunda yuklangan ko‘mir iste’molchiga yetib borguncha yuklash-tushirish va qayta yuklab tushirish jarayonlarida mahsulotning muayyan qismi kukun holatiga kelishi mumkin). Narxi (1 tn.) – 309 800 so‘m.
Shu bilan birga, ma’lum qilamizki, bugungi kunda mahalliy ko‘mir zaxirasi yetarli. Ushbu mahsulotning hududiy ko‘mir omborlari orqali adolatli taqsimlanishi va nazoratni ta’minlashda mahalliy hokimliklar hamda jamoatchilik vakillaridan faol ishtirok etishlari so‘raladi.
O‘z navbatida aholi iste’molchilariga esa mahsulotni xarid qilishda mahallalar kesimidagi jadvalga qat’iy amal qilish tavsiya etiladi.
Iste’molchilar mahalliy ko‘mir xarid qilishda muammoga duch kelsa, quyidagi “Ishonch telefon”lariga murojaat qilishi mumkin:
“O‘zbekko‘mir” AJ – 78-148-30-03.
“Ko‘mir ta’minot” MCHJ– 71-244-38-28.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish