Korporativ etika: davlat xizmatchisi sovg‘a olishi mumkinmi?
Nashr qilingan sana: 20.05.2026 15:26:10Davlat xizmati tizimida xodimning har bir qarori, xizmatdagi munosabati va jamoatchilik bilan muloqoti nafaqat ichki mehnat intizomi, balki davlat organi yoki korxonasining obro‘-e’tiboriga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli xizmat faoliyatida xolislik, shaffoflik va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Ayniqsa, sovg‘a qabul qilish bilan bog‘liq munosabatlar ko‘plab davlat va korporativ tuzilmalarda qat’iy huquqiy hamda etik me’yorlar asosida tartibga solinadi.
Ko‘p hollarda sovg‘a ehtirom, minnatdorlik yoki rasmiy muloqot madaniyati belgisi sifatida qabul qilinishi mumkin. Biroq davlat xizmatida bunday holat har doim ham oddiy munosabat sifatida baholanmaydi. Chunki xizmat vazifasi, qaror qabul qilish vakolati yoki mansab mavqei bilan bog‘liq tarzda qabul qilingan har qanday sovg‘a muayyan manfaatdorlik, ta’sir o‘tkazish yoki korrupsiyaviy xavflarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu bois davlat ishtirokidagi tashkilotlarda sovg‘alar berish va qabul qilish tartibi aniq cheklovlar va ichki qoidalar bilan belgilanadi.
“O‘zbekko‘mir” AJda ham mazkur yo‘nalishda yagona kor-porativ yondashuv joriy etilgan bo‘lib, xodimlar tomonidan sovg‘a-lar berish va qabul qilish, biznes tadbirlarda ishtirok etish hamda vakillik xarajatlarini amalga oshirish tartibi maxsus siyosat asosida tartibga solingan. Mazkur “Sovgʻalar berish va olish, biznes-tadbirlarni tashkil etish va ishtirok etish, vakillik xarajatlarini amalga oshirish siyosati” jamiyatning 2024-yil 10-dekabrdagi 571-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
Hujjatda xizmat faoliyati davomida xodimlar tomonidan qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan holatlar, manfaatlar to‘qnashuviga olib ke-lishi ehtimoli mavjud vaziyatlar hamda korporativ etika talablari aniq belgilab berilgan. Xususan, xizmat vazifasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yoki qaror qabul qilinishiga daxldor har qanday moddiy yoki nomoddiy manfaatni qabul qilishga yo‘l qo‘yilmasligi qayd etilgan.
Bugungi kunda davlat kor-xonalari faoliyatida ochiqlik va jamoatchilik ishonchini ta’min-lash muhim vazifalardan biri hi-soblanadi. Shu nuqtai nazardan, xizmat munosabatlarida sovg‘a bilan bog‘liq holatlarni huquqiy va etik me’yorlar asosida tartibga solish korrupsiyaning oldini olish, korporativ madaniyatni mustah-kamlash va xizmat xolisligini ta’-minlashga xizmat qiladi.
Muhriddin ODINAMATOV,
“Angren ko‘mir koni filiali” komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati kmplayens bo‘yicha professional mutaxassisi
Oxirgi yangiliklar:
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish