Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik: yangi talablar
Nashr qilingan sana: 21.08.2026 20:01:22Joriy yilning 21-avgust kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Markaziy dispetcherlik markazida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2026-yil 22-iyunda qabul qilingan Qonunining mazmun-mohiyati va unda belgilangan yangi talablar xususida atroflicha so‘z yuritildi.

Jamiyat bosh direktori N.U. Dusmatov boshqarib borgan davra suhbatida mazkur Qonun bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida belgilangan yangi talablar, korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, mansabdor va mas’ul xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan normalar alohida qayd etildi. Korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning kuchaytirilishi, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda komplaens xizmati faoliyatining o‘rni, komplaens xodimlarining huquq va vazifalari, rahbar va mas’ul xodimlarning shaxsiy javobgarligini oshirishga qaratilgan talablar atroflicha tushuntirildi.

Shuningdek, jamiyatning tarkibiy bo‘linmalari va filiallarda korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va ularni bartaraf etish, davlat xaridlari hamda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish, qaror qabul qilish jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash va ish jarayonlarini raqamlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Korrupsiya holatlari haqida xabar bergan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni rag‘batlantirish mexanizmlarini samarali qo‘llash, shuningdek, xodimlarning korrupsiyaga qarshi bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish yuzasidan ham fikr almashildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi, ularning taklif va fikr-mulohazalari tinglandi.
Yakunda jamiyatning barcha tarkibiy bo‘linmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish, korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni yanada kuchaytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.¬
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bos...
O'qish
Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” AJning 2026-yil I yarim yillik faoliyati yakunlari va galdagi ustuvor vazifalari mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi. Manzil: O‘zMTRK “Toshkent” tel...
O'qish
Jamoa shartnomasi: huquq va kafolatlaringizni bilasizmi?
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan yangi jamoa shartnomasi ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy hamda...
O'qish