Surxondaryoda isteʼmolchilarni koʻmir bilan taʼminlash ishlari qanday olib borilmoqda?
Nashr qilingan sana: 21.06.2023 01:32:59Ayni kunlarda respublikamiz byudjet tashkilotlarini 2023/2024 yilar kuz qish mavsumi uchun mahalliy koʻmir bilan taʼminlash tadbirlari qizgʻin pallaga kirgan.
Bu borada Surxondaryo viloyatida ish qanday tashkil etilmoqda?
21 iyun kuni Termiz shahridagi viloyat Matbuot uyida "Oʻzbekkoʻmir" AJ tomonidan OAV vakillari uchun oʻtkazilgan matbuot anjumani shu mavzuga bagʻishlandi.
"Koʻmir taʼminot" MCHJ Surxondaryo viloyati filiali rahbari Xumoyuddin Poʻlatov hududda istemolchilarni koʻmir bilan taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida atroflicha soʻzlab berdi.
Filial tasarrufida 12 hududiy koʻmir ombori faoliyat koʻrsatmoqda. Ular tomonidan "Oʻzbekkoʻmir" AJga qarashli "Angren" konidan yuborilgan 37 ming 360 tonna mahalliy koʻmir qabul qilib olinib, shuning 36 ming maktabgacha va maktab taʼlimi, sogʻliqni saqlash, madaniyat va turizm tizimi hamda kollejlar boshqarmasi tasarrufidagi muassasalari 37 ming 910 tonnasi tarqatildi. Ayni paytda omborlarda 368 tonna zaxira bor.
Viloyatdagi byudjet tashkilotlari bilan shartnomalar oʻz vaqtida tuzilib, pul mablagʻlari koʻchirib berilmoqda.
Hademay yubdjet tashkilotlarni mahalliy koʻmir bilan taʼminlash ishlari yakunlanadi va aholiga koʻmir tarqatish tadbirlari boshlanadi.
Matbuot anjumanida "Oʻzbekkoʻmir" AJ matbuot kotibi Neʼmat Dushayev jamiyat faoliyati, byudjet tashkilotlari va aholiga moʻljallangan koʻmir mahsuloti hajmlari, sifati boʻyicha maʼlumotlar berdi. Xususan byudjet tashkilotlariga moʻljallangan mahalliy koʻmir “Angren” koʻmir koniga tegishli boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartida (Oʻz DSt. 3492:2020) boʻlib, markasi ‒ 2BR, boʻlaklar oʻlchami 0-300 mm.ga teng ekanligini taʼkidlab oʻtdi.
Tadbirda jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Anjumandan soʻng Denov hududiy koʻmir omboriga press-tur tashkil etildi.
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJ quyidagi xaridlar bo‘yicha tanlovlar e’lon qiladi
E’LON | XARID LOTLARI “O‘zbekko‘mir” AJ xt-xarid.uz elektron platformasining “Eng maqbul takliflarni tanlash” ilovasi orqali jamiyat ehtiyojlari uchun quyidagi xaridla...
O'qish
Alifbodagi islohot: raqamli kelajak sari yana bir qadam
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi. Endi hujjat Senat...
O'qish
“Koinot” oromgohida har bir kun mazmunli va qiziqarli o‘tmoqda
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan, “O‘zbekko‘mir” AJ tasarrufidagi “Koinot” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yozgi dam olish mavsumi mazmunli tadbir...
O'qish
Angren konchilari mehnati jahon media maydonida
Har qanday korxona va tashkilotning jahon media maydoniga chiqishi uning nufuzi, ochiqligi va xalqaro imijini mustahkamlashga xizmat qiladi. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorl...
O'qish