Mehnatkash, g‘amxo‘r, chin so‘z ustozlarga ehtirom
Nashr qilingan sana: 30.09.2026 16:53:49“O‘zbekko‘mir” AJ tizimida 1-oktabr ‒ O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Angrendagi muhtasham “Hayot” tantanalar zalida tashkil etilgan tadbirda Jamiyat tizimida ko‘p yillardan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan ustoz konchilar, mehnat faxriylari, soha rahbarlari va jamoatchilik vakillari jam bo‘ldi.
Konchilik ‒ yer qa’ridan rizq va boylik qazib olishdek mashaqqatli, mas’uliyatli mehnat. Bu sohada yillar davomida orttirilgan bilim va tajribani yosh avlodga o‘rgatish, ularga kasb sirlarini yetkazish, “ustoz ‒ shogird” an’analarini davom ettirish alohida ahamiyatga ega.
Bugun “O‘zbekko‘mir” AJ tizimida o‘zining boy tajribasi, fidoyiligi va kasbiga sadoqati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan ustoz konchilar ko‘p. Ularning mehnati, kasbga mehr bilan yondashuvi hamisha e’tibor va e’tirofga munosib.
Bu yilgi yuksak e’tiroflar ham konchilar mehnatining qadrlanayotganidan dalolatdir. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jamiyatning ikki nafar fidoyi xodimi Vatanimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo‘ldi.
Tadbirni “O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Abdunosir Qayumov ochib, ustozlarning soha taraqqiyotidagi o‘rni va yosh konchilarni tarbiyalashdagi xizmatlarini alohida ta’kidladi. Barchani bayram bilan samimiy muborakbod etdi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Faxriylar kengashi raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi Turob Umirov, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyat kengashi vakili Sobirjon Erbo‘tayev. “Angren ko‘mir koni” filiali rahbari Ruslan Ismanov, “Transport” filiali rahbari Yuriy Akimov, “Energiya tarmoqlari” filiali boshlig‘i Erkin Ergashev, “Qurilish-montaj ishlari” filiali rahbari Akrom Ernazarov va boshqalar so‘zga chiqib, ustoz konchilarga o‘zlarining samimiy tilaklarini izhor etdilar.
Tadbir davomida bir guruh ustoz konchilarga gullar va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
“O‘zbekko‘mir” AJ matbuot kotibi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Ne’mat Dushaev tomonidan konchilarga bag‘ishlab she’r o‘qildi:
Yer qa’ridan kon qazib, ertayu kech tinmaysiz,
Mashaqqatlar oldida chekinmaysiz, sinmaysiz,
Mudom mehnat bilan band, birovga yukinmaysiz,
Ayyom muborak bo‘lsin, qaddingiz kering g‘ozlar,
Kechani qilgan kunduz, Sizsiz, aziz ustozlar.
Tabrik va qutlovlar xonanda xonanda Usmon Axrorov ijrosidagi dilrabo qo‘shiqlar bilan uyg‘unlashib, tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Ustozga ehtirom ‒ avvalo, kasbga, mehnatga va inson tajribasiga ehtiromdir. “O‘zbekko‘mir” jamoasida shakllangan ustoz-shogird an’analari esa konchilik kasbining ertangi kuniga xizmat qiladi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Muhofaza va ehtirom: Jamiyatda bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni. Ushbu sana mamlakatimizda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yangi...
O'qish
Kömir ta’minoti: tadbirkorlar bilan hamkorlik va amaliy kömak
“Özbekkömir” AJ tomonidan aholiga kömir yetkazib beriş jarayonida joriy etilgan yangi tartibni samarali taşkil etiş maqsadida kömir mahsulotlarini xarid qiluvçi tadbirkor...
O'qish
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish