Milliy liboslar: tashabbus keng quloch yoymoqda
Nashr qilingan sana: 14.03.2025 03:21:31

“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida haftaning har jumasi “Milliy liboslar kuni!”
Shu munosabat bilan 14-mart kuni ham jamiyat ijro apparati va filiallar xodimlarining ko‘pchiligi ishga milliy liboslarda chiqishdi. Do‘ppilar, adras va beqasamlar jamiyatga o‘zgacha shukuh bag‘ishlab, ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy merosga hurmat uyg‘otish va milliylikni keng targ‘ib qilish maqsadida Jamiyatda haftaning har juma kuni ishga milliy liboslarda kelish tavsiya etilgan va bu tashbbus mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatlagmoqda.
Milliy liboslar kuni mehnat jamoalarida milliy madaniyatni rivojlantirish, qadriyatlarimizni yosh avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday tashabbuslar milliyligimizni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazishda katta hissa qo‘shishi shubhasiz.
.jpg)
Oxirgi yangiliklar:
Angren konchilari mehnati jahon media maydonida
Har qanday korxona va tashkilotning jahon media maydoniga chiqishi uning nufuzi, ochiqligi va xalqaro imijini mustahkamlashga xizmat qiladi. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorl...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan qazib chiqarilayotgan ko‘mir mahsulotlarini narxlari va sotish tartibi haqida
Mamlakatimiz ko‘mir sanoatida bozor mexanizmlarini keng joriy etish doirasida ko‘mir mahsulotlarini sotish va narx belgilash tartibi yangilandi. O‘zbekiston Respu...
O'qish
Davlat xaridlarida narxlarni sun’iy oshirishga qarshi yangi mexanizm joriy etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan O‘RQ–1155-son qonun bilan davlat xaridlari sohasida narxlarning asossiz oshirilishining oldini olish, by...
O'qish
Haftaning har juma kuni — Sport kuni etib belgilangan
"O‘zbekko‘mir" AJ "Angren ko‘mir koni" filiali xodimlari haftaning har juma kunini an’anaga aylangan ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari bilan boshlaydilar. Mazkur...
O'qish