Moddiy yetishmovchilik o‘g‘irlik qilishga asos bo‘lolmaydi
Nashr qilingan sana: 10.10.2023 14:05:03Jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudining joriy yil 19 sentyabr kuni o‘tkazilgan ochiq sud majlisida ko‘mir-talon taroji bilan bog‘liq huquqbuzarlik ishi ko‘rib chiqildi.
Huquqbuzarlar ikki kishi va ular 24 yoshda bo‘lib, biri Angren shahrida, ikkinchisi hozirgi Yangiobod qo‘rg‘onida tug‘ilgan. Har ikkisi ham vaqtincha ishsiz, har ikkisi ham muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Ammo...
Huquqbuzarlar H.B va S.Sh. shu yilning 20 avgust kuni “O‘zbekko‘mir” AJ hududidan “Angren” stansiyasiga harakatlanayotgan yuk poyezdiga osilib chiqib, pastga ko‘mir otib, uni talon-taroj qilayotganida, Angren shahar IIB va Milliy gvardiyaning Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari tomonidan to‘xtatilgan va yerga pala-partish tashlangan 1 tonna hajmidagi ko‘mir “Angren” ko‘mir koniga qaytarilgan.
Sudda o‘roq qilingan huquqbuzarlar xalq mulki bo‘lgan ko‘mir mahsulotini noqonuniy ravishda talon-taroj qilish bilan bog‘liq qilmishlaridan chin dildan pushaymonligini, oilaviy va moddiy sharoitlari og‘irligini, bunday holat boshqa takrorlanmasligini bildirib, yengillik berishlarini so‘radilar.
Sud qarori bilan huquqbuzarlar tegishli jazoga tortildi.
***
Shu yilning 24 avgust kuni Teshiktosh ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan davlat raqami yo‘q “UAZ” avtomashinasi Angren shahar IIB va Milliy gvardiya Qo‘riqlash bo‘limi xodimlarida shubha uyg‘otdi.
Avtomashina to‘xtatib tekshirilganida uning ichida 2310 kg mahalliy ko‘mir mahsuloti ortilgani ammo hech qanday hujjati yo‘qligi aniqlandi.
Huquqbuzar shaxsiga ham aniqlik kiritildi. Hujjatsiz mahsulot ko‘mir koniga qaytarildi.
Jinoyat ishlari o‘yicha Angren shahar sudining joriy yilning 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida huquqbuzar: 1990 yilda Angren shahrida tug‘ilgan T.D. ko‘mir mahsulotini haqiqatdan ham hujjatlarsiz olib ketayotganini tan olib, qilmishidan pushaymonligini bildirdi.
Sud qarori bilan huquqbuzarga tegishli ma’muriy chora belgilandi.
***
Angren shahrida 2001 yilda tug‘ilgan, hozirda 14-dahada istiqomat qiluvchi I.J. va 2003 yilda Angren shahrida tug‘ilgan, hozirda T.Toshmatov ko‘chasida yashovchi A.A. ham sud majlisida ular o‘zlari sodir etgan huquqbuzarliklar uchun hech qayerda ishlamasliklari hamda oilada yolg‘iz boquvchilar ekanligini vaj qilib ko‘rsatishdi.
Angren shahar IIB va Milliy gvardiya Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari joriy yilning 8 avgust kuni ushbu huquqbuzarlar davlat raqami taqilmagan “UAZ” avtomashinasida 1980 kg ko‘mirni “Apartak” ko‘mir koni hududidan olib chiqib ketishayotganida qo‘lga tushdilar. Mahsulot ortga qaytarildi. To‘plangan hujjatlar sudga oshirildi. Sud ularni qilmishlariga yarasha tegishli jazoga tortdi.
Ko‘rinib turibdiki, yuqoridagi uch holat bo‘yicha ham huquqbuzarlar o‘zlarini cudda deyarli bir xilda oqlashga urinmoqdalar: ishsizlik, oilaviy va moddiy ahvolning og‘irligi. Ammo bunday vajlar xalq mulkini talon-taroj qilishga asos bo‘la oladimi? Binobarin ularning hammasi muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

"O‘zbekkomir" AJ "Angren ko‘mir koni" filialida mini-futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Bugun erta tongda boshlangan mini-futbol bo‘yicha sport musobaqasi muvaffaqiyatli yakuniga yetdi. “O‘zbekkomir” AJning “Angren ko‘mir koni” filialida konchilar kasb b...
O'qish
Milliy liboslar – millatimiz ko‘rki
“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi to‘ng‘ich korxonalardan biridir. Ikki yuz...
O'qish
Zamonaviy texnologiyalar ‒ konchilar xizmatida
O‘zbekiston o‘zining geografik joylashuvi tufayli ko‘plab foydali qazilmalar zaxirasiga ega. Biroq, yer osti boyliklarini xavfsiz va samarali o‘zlashtirish uchun mutl...
O'qish
“O‘zbekko‘mir: Temir yo‘l xo‘jaligi ‒ ishonchli tarmoq
Ko‘mir sanoati ishlab chiqarishida hamma narsa o‘zaro bog‘liq. Qazib olish va tashish – bir-biridan ajralmas tushunchalar. “Uzbekko‘mir” AJning “Temiryo‘l transp...
O'qish