Onlayn-seminar: konchilikda qanday yangiliklar bor?
Nashr qilingan sana: 16.01.2023 06:02:41Bugun Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi tomonidan "Konchilikda koʻchkilar: sabablar, bartaraf etish va oldini olish omillari" (Landslides in Mine: Causes, Factors Elimination and Prevention) mavzusidagi onlayn seminari oʻtkazildi.
Oʻzbekiston-Yaponiya olimlarni ishtirokidagi onlayn seminarda "Oʻzbekkoʻmir" AJ yoshlar ittifoqi Yetakchilar Kengashi raisi Davron Abdurahmonov va filiallardagi yoshlar yetakchilari qatnashdilar.
Seminarda Yaponiyaning Yokoxama Milliy Universiteti (Yokohama National University), Kyushu Universiteti (Kyushu University) va Toshkent davlat texnika universiteti oliy taʼlim muassasalarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan professor-oʻqituvchilarning konlardagi koʻchkilar, koʻmir qazib olishdagi muhandislik-geologik savollar, yerosti koʻmirini gazlashtirish muammolari va istiqbollari kabi bir qator mavzularda maʼruza tinglandi.
Ingliz tilida olib borilgan va tarjima qilib turilgan ushbu onlayn jamiyat yoshlari konchilikdagi yangiliklar bilan yaqindan tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Oxirgi yangiliklar:
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish