“O‘zbekko‘mir” AJ vakili “Rossiya energetika haftaligi ‒ 2026” xalqaro forumida ishtirok etmoqda
Nashr qilingan sana: 15.10.2026 17:34:422026-yil 14–16-oktabr kunlari Moskva shahrida ”Rossiya energetika haftaligi ‒ 2026” IX xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda. Yoqilg‘i-energetika sohasidagi muhim xalqaro tadbirlardan biri bo‘lgan mazkur forum energetika bozorining dolzarb masalalarini muhokama qilish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va sohaning istiqbollarini belgilashga qaratilgan.
Forumda “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining o‘rinbosari Oybek Ismailov ham ishtirok etmoqda. Bu haqida hozirda Moskva shahrida bo‘lib turgan “O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati mutaxassisisi Abdunodir Nosirov xabar qildi.
“Roskongress” jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan forum Rossiya Federatsiyasi Hukumati, Rossiya Energetika vazirligi va Moskva hukumati ko‘magida o‘tkazilmoqda. Unda davlat idoralari vakillari, yirik energetika kompaniyalari rahbarlari, xorijiy delegatsiyalar, investorlar, olimlar va sohaviy ekspertlar qatnashmoqda.
Forumning bu yilgi mavzusi ‒ “Energiya resurslari va texnologiyalardan kelajak farovonligi sari”. Tadbirning asosiy maqsadi energetika sohasidagi global o‘zgarishlarni muhokama qilish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va yoqilg‘i-energetika majmuasini rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli yechimlarni ishlab chiqishdan iborat.
Forumning birinchi kuni ‒14-oktabr Yoshlar kuni sifatida tashkil etildi. Unda talabalar, yosh mutaxassislar va energetika sohasi vakillari ishtirok etib, o‘z loyihalarini taqdim etish hamda tarmoq rahbarlari bilan muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldi. Shuningdek, «Гостиный двор» majmuasida yoqilg‘i-energetika majmuasi uchun uskunalar va texnologiyalar ko‘rgazmasi ochildi.
15–16-oktabr kunlari forumning asosiy ishbilarmonlik dasturi o‘tkazilmoqda. Dastur 40 dan ortiq sessiyani o‘z ichiga olib, neft va gaz bozorlarining transformatsiyasi, elektr energetikasiga investitsiyalar, yangi energetika texnologiyalari, xalqaro hamkorlik, ekologiya va energiya samaradorligi, ta’lim hamda kadrlar tayyorlash kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Muhokamalarda ko‘mir energetikasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, tarmoqqa investitsiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va energetika sohasining texnologik salohiyatini mustahkamlash masalalariga ham e’tibor qaratilmoqda.
“O‘zbekko‘mir” AJ vakilining mazkur xalqaro tadbirda ishtiroki ko‘mir sanoatidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, zamonaviy texnologiyalar bilan tanishish va xalqaro sohaviy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
Forum haqidagi batafsil ma’lumotlar bilan “Rossiya energetika haftaligi”ning rasmiy veb-sayti orqali tanishish mumkin.
Oxirgi yangiliklar:
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish