Press-tur: jurnalistlar yangi texnikalar bilan tanishdilar
Nashr qilingan sana: 30.05.2024 12:20:3230 may kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga press-tur tashkil etildi. Respublikamizning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillar hamda blogerlar ishtirok etgan tadbirda korxonaga keltirilayotgan yangi kon va ularning ochiq konda ishlash jarayonlari ko‘rsatildi.

Tadbir avvalida “Angren ko‘mir koni” filiali markaziy dispetcherlik punkti majlislar zalida jurnalistlar uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.
Ta’kidlandiki, mamlakatimizda iqtisodiyot va aholi soni oshgani sayin energiyaga bo‘lgan talab ham ortib bormoqda. Bu ehtiyojni qondirish uchun barcha energiya resurslari bilan bir qatorda ko‘mir qazib olish ham kengaymoqda. Oxirgi besh yilda mazkur xomashyo ishlab chiqarish yiliga 4 million tonnadan 6 million 200 ming tonnagacha oshdi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatimizdagi ko‘mir zaxiralari 2 milliard tonnaga yaqin. Davlatimiz rahbari ushbu salohiyatdan samarali foydalanish, ishlab chiqarish hajmini izchil oshirish vazifasini qo‘ymoqda. “O‘zbekko‘mir” AJda ushbu vazifalarni bajarish uchun eng avvalo kon ustki qatlamini ochish ishlarini jadallashtirish, buning uchun mavjud texnika parkini yangilash taqozo etiladi. Shu maqsadda yangi va eng zamonaviy, serunum kon texnikalari xarid qilish maqsadida 2023 yili hukumat ko‘magi bilan 77,1 mln dollarlik lizing shartnomalari imzolandi, dedi anjumanda jamiyat bosh geologi Erkin Jo‘rayev.

Bugungi kunga qadar ushbu shartnomalar asosida Yaponiyada ishlab chiqarilgan 44 dona (yuk ko‘tarish quvvati 90 tn.) “Kamatsu” samosvalining 39 tasi keltirildi va 22 tasi yig‘ilib, to‘liq ishga tushirildi. Shuningdek, 6 ta zanjirli buldozer, 2 dona 6 kubometrli avtoyuklagich, uchta “KamAZ”, uchta “UAZ” rusumli avtomashinalar xarid qilindi. Ushbu kon texnikalaridan ishlab chiqarishda keng foydalanilmoqda.
Ayni paytda lizing shartnomasi bo‘yicha korxonaga yangi kon texnikalari kelishi davom etmoqda. Shu bilan birga yangi texnikalarga zarur uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi qismlar xarid qilinayapti. Kon hududidagi texnologik yo‘llar kengaytirilib, yangi mashinalar harakatlanishi uchun moslashtirilayotgani aytib o‘tildi.
Aksiyadorlik jamiyatida mavjud texnika parkini yangilashi ortidan joriy yilda kon ustki qismini ochish ishlarini – 48,6 mln. kub metrga yetkazish, 6,2 mln. ko‘mir, 850 ming tonna ko‘mir qazib olish rejalashtirilgan.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekistonda ko‘mir qazib oluvchi va yetkazib beruvchi yirik va yetakchi korxona bo‘lib, uning tasarrufida o‘rtacha yillik umumiy quvvati 4,5 mln. tonna bo‘lgan ikkita ochiq (“Angren” va “Apartak”) hamda bitta shaxta usulida ko‘mir qazib oluvchi kon ishlab turibdi. Ushbu konlardan 2023 yilda 2020 yildagi 3,7 mln. tonnadan 5,8 mln tonnaga ko‘mir qazib olindi.
Yangi kon texnikalari evaziga jamiyat tomonidan 2024 yilda 6,2, 2025 yilda 6,5, 2026 yilda 7,1 mln. tonna ko‘mir qazib olish rejalashtirilgan.

Tayyor mahsulot to‘lig‘icha respublika ichki ehtiyojiga (Angren va Yangi Angren IESlari, respublika byudjet tashkilotlar hamda aholi iste’molchilari, shuningdek tadbirkorlik tuzilmalariga (birja orqali) yo‘naltirilmoqda.
Anjumanda jamiyat texnik bo‘limi boshlig‘i Robert Yenikeyev, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya bo‘limi boshlig‘i Anvar Abdurahimovlar jurnalistlarning korxonani texnik qayta jihozlash, ko‘mir qazib olish hajmlarini oshirish, mahsulot sifati bo‘yicha savollariga atroflicha javob berdilar.
Jurnalistlar press- tur davomida jamiyat texnika parkida bo‘lib, “Kamatsu” avtosamosvallarini yig‘ish jarayoni bilan tanishdilar, ko‘mir konida ushbu texnikalarning qanday ishlayotganini kuzatib, mutaxassislar bilan muloqotda bo‘ldilar.
Ne’mat Dushayev,
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati



Oxirgi yangiliklar:
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish