“Rahbar kubogi – 2025” mini-futbol musobaqasi
Nashr qilingan sana: 02.10.2025 19:06:35.jpg)
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida mini-futbol bo‘yicha “Rahbar kubogi – 2025” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy sportni rivojlantirish va xodimlar salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan sport bayramida Jamiyat Ijro apparati hamda filiallari futbol jamoalari ishtirok etdi.
Davlatimiz madhiyasi yangrashi bilan boshlangan musobaqani Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A. Qayumov kirish so‘zi bilan ochib berdi va barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Kun davomida yashil maydonda qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha taqsimlandi:
I o‘rin – “Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali jamoasi
II o‘rin – “Angren ko‘mir koni” filiali jamoasi
III o‘rin – “Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodi” filiali jamoasi
Shu tariqa, “Rahbar kubogi – 2025” mini-futbol musobaqasining faxrli g‘olibi “Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali futbol jamoasi bo‘ldi.
Oxirgi yangiliklar:
2026-yil I chorak: korrupsiyaga qarshi faoliyat
Komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son...
O'qish
INNOPROM–2026: yangi imkoniyatlar va strategik hamkorliklar maydoni
2026-yil 20-22-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan INNOPROM – Markaziy Osiyo xalqaro sanoat ko‘rgazmasi “O‘zbekko‘mir” AJ uchun ilg‘or texnologiyalar, zamonav...
O'qish
KCHM Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
2026-yil 23-aprel kuni Toshkent shahridagi KCHM Group korxonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan te...
O'qish
Murojaatlar bilan ishlash: ochiqlik va samaradorlik ustuvor
Mamlakatimizda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi...
O'qish