Raqamli yondoshuv – yangi zamonaviy imidj sari qadam
Nashr qilingan sana: 12.06.2025 15:36:59Yurt taraqqiyoti, uning tashqi va ichki imiji nafaqat siyosiy-iqtisodiy islohotlarga, balki ularning amalda qanday tatbiq etilayotganiga ham chambarchas bog‘liq. Yangi O‘zbekiston – bu raqamli islohotlar, ochiq ma’lumotlar va zamonaviy boshqaruv tizimlari mamlakatidir. Ana shunday jarayonlar markazida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalq ehtiyoji bilan bog‘liq tarmoqlar, jumladan, energetika va yoqilg‘i sohasi alohida ahamiyatga ega.
Bu borada “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar nafaqat sohaning ichki imkoniyatlarini oshirish, balki respublika imidjini yuksaltirishga ham xizmat qilmoqda. Xususan, ko‘mir mahsulotlarini aholi va ijtimoiy soha tashkilotlariga elektron platforma orqali sotish tizimining joriy etilishi — milliy sanoat sohasidagi ulkan qadamlardan biridir.
Joriy yilning 28 may kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “mycoal.uz” elektron platformasining to‘liq ishga tushirilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “O‘zbekko‘mir” AJ, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Bosh prokuratura hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Platforma orqali ko‘mir sotish jarayonining shaffofligi, qulayligi va unda inson omilining cheklanganligi haqida keng ma’lumot berildi.
Shuningdek, anjumanda qayd etildiki, bu tizim orqali iste’molchilarning ko‘mir xarid qilishga bo‘lgan yondashuvini o‘zgartirish, ularni raqamli savdo muhitiga moslashtirish muhim ahamiyatga ega. Hududlarda targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, ommaviy axborot vositalarining yordami bundan keyin ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
“mycoal.uz” ‒ raqamlashgan yo‘l, shaffof tizim
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 29 sentabrdagi 551-sonli qaroriga asosan joriy etilgan “mycoal.uz” platformasi — “Aholining ko‘mir mahsulotiga bo‘lgan talabini shakllantirish va yetkazib berish jarayonlarini avtomatlashtirilgan holda boshqarish” maqsadida ishlab chiqilgan. Tizimning asosiy vazifalari ‒ qazib olishdan tortib, ombor va manzilgacha yetkazib berishning barcha bosqichlarini onlayn kuzatish va nazorat qilishdan iborat.
Ushbu platforma orqali aholining ko‘mir mahsulotiga bo‘lgan ehtiyoji aniqlanmoqda. Bundan tashqari to‘lovlar elektron ravishda shaffof nazorat qilinadi. Eng asosiysi, ko‘mirni temir yo‘l orqali tashish va iste’molchigacha yetkazish to‘liq raqamlashtirilgan, GPS treking, elektron tarozilar va avtomat hisobotlar tizimi joriy qilingan.
Ijobiy natijalar va ishonchli raqamlar
2024 yilda 6500 dan ortiq mahalla fuqarolar yig‘inlari tizimga ulandi. Portal orqali aholidan 2 million tonnaga yaqin ko‘mir xarid qilish bo‘yicha ariza qabul qilindi. Shu asosida 760 ming tonna ko‘mir tarqatildi va 230 mlrd so‘m tushum ta’minlandi.
Bundan tashqari, “Angren” va “Sharg‘un” konlaridagi jarayonlar real vaqtda onlayn kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” bilan integratsiya orqali yuk yetkazib berishdagi har bir vagon harakati nazorat qilinmoqda. Omborlardagi elektron tarozilar orqali inson aralashuvini cheklashga erishildi.
2025 yilda esa aholiga 1,4 mln tonna, budjet tashkilotlariga 640 ming tonna, davlat-xususiy sheriklik asosida xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarga esa 240,8 ming tonna ko‘mir mahsulotini “mycoal.uz” orqali yetkazib berish belgilangan.
Imidj ‒ ichki islohotlar va tashqi ta’sir
Sohadagi bunday o‘zgarishlar, raqamli yechimlar va samarali boshqaruv tizimlari nafaqat aholi uchun qulaylik yaratish, balki davlatning ichki siyosiy va iqtisodiy salohiyatini namoyon etish imkonini beradi. Bugungi global raqobat va xalqaro tahlillar davrida ishonchli, hisobotli va ochiq tizimlarga ega tarmoqlar davlat imijini oshiruvchi asosiy vositalardan biri sanaladi.
“O‘zbekko‘mir” AJ ‒ nafaqat ko‘mir qazib oluvchi, balki uni raqamlashtirilgan sharoitda yetkazib beruvchi yetuk milliy korxona sifatida o‘z yuksak nufuzini mustahkamlab bormoqda. Jamiyatning 2024 yildagi ko‘mir qazib chiqarish hajmi 6,7 million tonnani tashkil etdi va bu ko‘rsatkich yil sayin oshib bormoqda.
Yakuniy maqsad aniq: xalq uchun qulay, shaffof va raqamli xizmatlarni rivojlantirish. Bu esa nafaqat iqtisodiy samaradorlik, balki yurtimiz imijini yuksaltirishga ham xizmat qiladi.
Ne’mat Dushayev,
“O‘zbekko‘mir” AJ matbuot kotibi
Oxirgi yangiliklar:
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish