"Shaxta usulida ko‘mir qazib olish" filialida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish mavzusiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Nashr qilingan sana: 19.12.2023 09:41:31"Shaxta usulida ko‘mir qazib olish" filialida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish mavzusiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Filial rahbari J.Mutalipov olib borgan tadbirda bosh muhandisi J.Alimkulov hamda muhandis-texnik xodimlar ishtirok etdilar.
Taʼkidlandiki, korrupsiya – xavfli illat. Unga qarshi kurashish barchaning ishidir. So‘zga chiqqanlar o‘zlarining ko‘p yillik hayotiy tajribalari asosida bo‘limlarda faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlar va hamkasblariga korrupsiya va uning ayanchli oqibatlari haqida so‘zlab, ogoh bo‘lishga, poraxo‘rlik, tanish-bilishchilik, tamagirlik, manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga murosasiz bo‘lish, bunday salbiy holatlar kuzatilsa, darhol xabar berish barchaning burchi ekanligini, jamoada sog‘lom muhitni shaklantirish uchun bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilish zarurligini alohida taʼkidladilar.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda yoshlar ayniqsa faollik ko‘rsatishi, targ‘ibot ishlarini kuchaytirish lozimligi uqdirib o‘tildi.
Z.Mirashurov,
filial yoshlar yetakchisi
Oxirgi yangiliklar:
"O'zbekko'mir" AJ BKUQ raisi A.Qayumovning bayram tabrigi
Assalomu alaykum, qadrli konchilar, hurmatli hamkasblar va aziz hamshaharlar! Sizlarni butun musulmon olamining eng ulug‘ va qutlug‘ ayyomlaridan biri — muborak Qurbon...
O'qish
Qurbon hayiti munosabati bilan bayram tabrigi
Qadrli ko‘mir sanoati xodimlari va mehnat faxriylari! Hurmatli hamkasblar! Sizni muborak Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklayman. Qurbon hayiti xalqimiz hayotid...
O'qish
Ko‘mir sanoatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘mir sanoatida bozor mexanizmlarini joriy etish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va yangi investisiya loyihalari yuzasid...
O'qish
"O'zbekko'mir” AJ da “DOLZARB 30 KUN” oyligi davom etmoqda
“Dolzarb 30 kun” oyligi: xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda Yurtimizda joriy yilning 1-mayidan 31-mayiga qadar favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aho...
O'qish