Shvetsiyaning Hexagon kompaniyasining vakillari bilan uchrashuv o'tkkazildi
Nashr qilingan sana: 08.04.2026 16:03:54Joriy yilning 7-aprel Shvetsiyaning Hexagon kompaniyasining Qozog‘istondagi vakili Alim Smakov jamiyatda uchrashuv o‘tkazdi.
“O‘zbekko‘mir” AJ MDP binosida o‘tkazilgan taqdimotda jamiyat mutaxassislari hamda filiallar mexaniklari va mehnat xavfsizligi xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda tog‘-kon sanoati uchun mo‘ljallangan zamonaviy raqamli va innovatsion yechimlar, ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, transport-logistika tizimlarini takomillashtirish hamda xavfsizlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.
Alim Smakov o‘z taqdimotida dispetcherlashtirish tizimi, texnikalar harakatini onlayn nazorat qilish, jarayonlarni tahlil qilish va samaradorlikni oshirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, transport vositalari uchun avtomatik marshrutlash, yuklash-tushirish jarayonlarini optimallashtirish tizimlari taqdim etildi.
Bundan tashqari, sanoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yechimlar — texnikalar o‘rtasida to‘qnashuvning oldini olish, piyodalarni aniqlash, tezlikni nazorat qilish hamda xavfli hududlarni monitoring qilish tizimlari haqida ham so‘z yuritildi.
Taqdimotda haydovchilar holatini nazorat qiluvchi tizim ham tanishtirilib, u sun’iy intellekt yordamida charchoq va diqqat pasayishini aniqlashi, xavfli vaziyatlarda ogohlantirish berishi qayd etildi.
Yakunda ushbu texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish va kelgusida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
Oxirgi yangiliklar:
Toshkent – Samarqand yangi avtomagistrali qurilishiga tamal toshi qo‘yildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida Toshkent – Samarqand yo‘nalishidagi yangi avtomobil yo‘li qurilishiga tamal toshi qo‘yish maros...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining 2026-yil I yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining 2026-yil I yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda...
O'qish
Ommaviy sport: sog‘lom jamoa – yuksak natijalar garovi
Bugungi kunda mamlakatimizda aholi, ayniqsa mehnat jamoalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish davlat siy...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan brifing o‘tkaziladi
2026-yil 22-iyul kuni soat 15:00da “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining 2026-yil I yarim yilligi yakunlari yuzasidan brifing...
O'qish