Xitoy kompaniyalari bilan xalqaro aloqalar
Nashr qilingan sana: 26.08.2024 00:41:03Istiqbolda ishlab chiqarishni jadallashtirish, belgilangan koʼrsatkichlarga erishish va mavjud texnologik parkni modernizatsiyalash doirasida, “Аngren” va “Аpartak” konlarida foydalanilayotgan togʼ-transport texnikasini yangilash va sonini oshirish ishlarini amalga tadbiq qilish choralari koʼrilmoqda.

“O’ZBEKKO’MIR” AJ rahbariyati va bosh mutaxassislaridan iborat delegatsiya Xitoyning Guangxi Liugong Machinery Co. Ltd. kompaniyasida boʼldilar.
Mazkur korxona bilan mustahkam aloqalarni oʼrnatish, kelgusida “Oʼzbekkoʼmir” АJning texnologik parkini modernizatsiya qilish orqali, yangilash kabi masalalar muhokama qilindi.
Guangxi Liugong Machinery Co. Ltd. kompaniyasi (qisqacha LiuGong) 1958 yilda tashkil etilgan boʼlib, dunyoning yirik gʼildirakli texnikalar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar qatoriga kiradi.
Kompaniyaning mahsulotlari frontal yuk koʼtaruvchilar, buldozerlar, avtogreyderlar, ekskavatorlar, burgʼulash mashinalari va shu kabi texnikalar mavjud.


Oxirgi yangiliklar:
Murojaat o‘z tasdig‘ini topdi: mas’ul xodimlarga intizomiy choralar qo‘llanildi
“O‘zbekko‘mir” AJ murojaatlar boti orqali fuqaro M.A. Xudoyberdievadan “Ko‘mir ta’minot” MChJ Namangan filiali Uchqo‘rg‘on tumani ko‘mir ombori faoliyati yuzasidan m...
O'qish
Ko‘mir sohasidagi yangi islohotlar: bozor mexanizmlari va ijtimoiy himoya
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi 418-son qarori mamlakatda ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirish, bozor mexanizmlarini keng joriy eti...
O'qish
Islom sivilizatsiyasi markazi – ma’naviy-ma’rifiy sayohatning bosh manzili
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi xalqimizning ko‘p asrlik ilmiy-ma’rifiy merosi va buyuk ajdodlarimiz qold...
O'qish
Milliy malaka tizimi rivojida tog‘-kon korxonalari ishtiroki muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti h...
O'qish