Xalqaro forum: sanoat taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar
Nashr qilingan sana: 16.06.2026 14:55:43
.png)
2026-yil 16-iyun kuni Toshkent shahrida o‘z ishini boshlagan V Toshkent xalqaro investitsiya forumi mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida muhim voqea bo‘ldi. Dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan minglab delegatlar, yirik moliyaviy institutlar va transmilliy kompaniyalar rahbarlarini bir maydonga jamlagan mazkur nufuzli anjuman Yangi O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi tobora ortib borayotganining yana bir yorqin tasdig‘idir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Investitsiya – bu iqtisodiyot yuragi, taraqqiyot va farovonlikning mustahkam asosidir”. Keyingi yillarda mamlakatimizda investorlar uchun ochiq va ishonchli muhit yaratish, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash hamda sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar bugun o‘zining amaliy samarasini bermoqda.
Bu yilgi forum ishtirokchilari boshqarayotgan aktivlar hajmining 42 trillion dollarga teng ekani, 8 mingdan ziyod ishtirokchining Toshkentda jam bo‘lgani O‘zbekiston iqtisodiyotiga bo‘lgan xalqaro ishonchning yuksak darajasini namoyon etmoqda.
Forum doirasida geologiya, muhim mineral resurslar, energetika, transport-logistika, raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt va sanoat kooperatsiyasi kabi strategik yo‘nalishlar muhokama qilinmoqda. Ayniqsa, mamlakatimiz sanoat salohiyatini oshirish, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan ishlab chiqarishlarni kengaytirishga qaratilgan tashabbuslar katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Mamlakatimiz ko‘mir sanoatining tayanch korxonalaridan biri bo‘lgan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati faoliyat yuritayotgan Angren sanoat hududi ham bugungi iqtisodiy islohotlarning muhim ishtirokchilaridan hisoblanadi. Yangi investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyatlar nafaqat energetika va tog‘-kon sohasi, balki butun mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga xizmat qilmoqda.
Toshkent xalqaro investitsiya forumi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ochiq iqtisodiy siyosat, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlarning amaliy natijasidir. Forum yakunlari bo‘yicha imzolanadigan yangi kelishuv va loyihalar O‘zbekistonning sanoat va investitsiya salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi shubhasiz.
Oxirgi yangiliklar:
JAMOATCHILIK KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
“O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi Angren ko'mir konida bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh direktorning matbuot kotibi va axborot siyosati...
O'qish
Yoqilg‘i-energetika sohasi: aniq maqsad va vazifalar
Mamlakatimizda yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, boshqaruv samaradorligini oshirish va bozor tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy...
O'qish
Press-tur : bozor mexanizmlari Angren ko‘mir konida qanday joriy etilmoqda?
"O‘zbekko‘mir" AJ jurnalist va blogerlarni Angren ko‘mir konidagi ishjarayonlari bilan tanishtirdi. ANGREN, 25-sentabr 2026-yil. ‒ “O‘zbekko‘mir” AJ tomon...
O'qish
Hurmatli “O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari!
Hurmatli “O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari! Sizni Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga taklif etamiz. 📅 Sana: 25.09.2026...
O'qish