Xavotirga o‘rin yo‘q: ko‘mir zaxirasi yetarli
Nashr qilingan sana: 10.10.2025 22:23:03#Rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Denov va Boysun tumanlaridagi ko‘mir omborlarida sun’iy navbatlar yuzaga kelgani haqida videolavhalar tarqaldi.
Holat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida haqiqatdan ham ayrim omborlarda sun’iy navbatlar hosil bo‘lgani aniqlandi.
“Ko‘mir ta’minot” MCHJ Surxondaryo filiali rahbari X. Po‘latovning ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda viloyat aholisini arzonlashtirilgan mahalliy ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash ishlari reja-jadval asosida amalga oshirilmoqda. “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan mahsulot belgilangan tartibda ortib yuborilmoqda va u mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan mahallalar kesimidagi jadval asosida aholiga yetkazib berilmoqda.
Ammo ushbu jadvalga amal qilmay, mahsulotni belgilangan navbatdan tashqari sotib olish uchun omborlarga kelish holatlari kuzatilmoqda. Buning oqibatida sun’iy navbatlar yuzaga kelmoqda.
2025–2026 yil kuz-qish mavsumi uchun Boysun tumanidagi 30 ta mahalla fuqarolar yig‘inida 3160 ta xonadonga 3036 tonna mahalliy ko‘mirni tarqatish ishlari davom etmoqda.
Denov tumanidagi 66 ta mahalla fuqarolar yig‘inida esa 19 363 ta xonadonga jami 16 560 tonna ko‘mir tarqatish belgilangan.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan aholiga ko‘mir yetkazib berish ishlari ommaviy boshlangan bo‘lib, ko‘mir zaxirasi yetarli. Mycoal.uz portalida ro‘yxatdan o‘tgan barcha iste’molchilar belgilangan tartibda o‘z mahsulotini oladilar.
Shu boisdan aholi vakillaridan xavotir olmaslik, navbatda turishning oldini olish hamda mahallalar bo‘yicha tuzilgan jadvalga qat’iy amal qilish so‘raladi.
Barcha ishlar aholi xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarga qulaylik yaratish va mahsulotni adolatli taqsimlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Angren – mehnat, jasorat va taraqqiyot shahri
Joriy yil 13-iyun kuni Angren shahri o‘zining qutlug‘ 80 yilligini nishonlaydi. Ayni kunlarda shahar bayram nafasi bilan yashamoqda. Ko‘chalaru xiyobonlarda obodonlas...
O'qish
“O‘zbekko‘mir”: hajm emas, sifat ustuvor – qazib olish siyosati yangilanmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ko‘mir qazib olish hajmining o‘tgan yilga nisbatan qisqartirilishi ayrim media faollarida turli savol va muhokamalarni ke...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ xalqaro ekologik ko‘rgazmada ishtirok etdi
2026-yil 2–4-iyun kunlari Samarqand shahrida Global ekologik jamg‘armaning 8-assambleyasi hamda “Eco Expo Central Asia – 2026” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Mazku...
O'qish
Ko‘mir sanoatini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda
Ko‘mir narxiga bozor mexanizmlarini joriy etish haqidagi taklif ma’qullandi. Bu, aslida, davr talabi. Chunki har qanday sohada bo‘lgani kabi, ko‘mir sanoatida ham ishl...
O'qish