Xotira va qadrlash kuni: “Motamsaro ona” poyiga gulchambarlar qo‘yildi
Nashr qilingan sana: 08.05.2026 12:56:24
9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Buyuk G‘alabaning 81 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan bugun Angren shahridagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekko‘mir” AJ mehnat faxriylari, faollar, jamoatchilik vakillari hamda korxona rahbariyati ishtirok etdi.
Tadbirda “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori o‘rinbosari – bosh muhandis V.V. Kuznetsov boshchiligida qatnashchilar Vatan ozodligi va yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan yurt o‘g‘lonlari xotirasiga hurmat bajo keltirib, yodgorlik poyiga gullar qo‘ydilar.
Qayd etilganidek, Ikkinchi jahon urushi yillarida Vatan ozodligi uchun kurashgan yuz minglab yurt o‘g‘lonlari qatorida angrenliklar, konchilarning ota-bobolari ham munosib ishtirok etgan. Urush yillarida nafaqat frontda, balki mehnat frontida ham yuksak jasorat va matonat namunasini ko‘rsatgan insonlarning xizmatlari xalq xotirasida abadiy saqlanadi.
Ayniqsa, Angren ko‘mir havzasidagi ilk konlarda fidokorona mehnat qilgan, og‘ir sinovli yillarda mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashga munosib hissa qo‘shgan konchilarning jasorati va mehnati bugun ham yuksak ehtirom bilan tilga olinmoqda.
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat va ajdodlar xotirasiga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
.jpg)
Oxirgi yangiliklar:
INSON QADRI — E’TIBOR VA E’ZOZDA!
Hurmatli hamkasblar, qadrli konchilar va mehnat faxriylari! Sizlarni 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati Birlas...
O'qish
ISHCHI INSON MANFAATI — ENG OLIY QADRIYATIMIZ
Qadrli kasaba uyushmalari faollari va aʼzolari, aziz konchilar, hurmatli hamkasblar! Sizlarni 11 noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbimdan sami...
O'qish
Ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash ishlari infografika
Ayni kunlarda aholini 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash ishlari jadal davom etmoqda. “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan mavsum davo...
O'qish
Muhofaza va ehtirom: Jamiyatda bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni. Ushbu sana mamlakatimizda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yangi...
O'qish