Yangi g‘oyalar – yangi yutuqlarning boshlanishidir!
Nashr qilingan sana: 03.06.2025 17:35:57#Eng_yaxshi_ixtirochi_tanlovi_haqida_suhbat
.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining 145-sonli buyrug‘i bilan “Eng yaxshi ixtirochi” tanlovi e’lon qilindi.
Mazkur tanlovning asosiy maqsadlari, yo‘nalishlari va rag‘batlantirish tartiblari haqida “O‘zbekko‘mir” AJ Tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish departamenti yetakchi mutaxassisi Muhammadsolih Otabekov bilan suhbatlashdik.
– Muhammadsolih aka, “Eng yaxshi ixtirochi” tanlovining asosiy maqsadi nimadan iborat?
– Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad – innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, ya’ni xodimlarimiz tomonidan bildirilayotgan kreativ, ilgari ishlab chiqarishda qo‘llanilmagan g‘oyalar va muammolarga yechim sifatida taklif etilayotgan loyihalarni saralab olish. Prezidentimizning yuqorida tilga olingan qarorida ham har bir korxona har yili innovatsion loyihalar ishlab chiqishi belgilangan. Masalan, “O‘zbekko‘mir” AJ uchun 2023 yilda – 3 ta, 2024 yilda – 5 ta loyiha ko‘zda tutilgan bo‘lsa, joriy yilda bu raqam 8 taga, 2026 yilda esa 10 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.
– Korxona faoliyatida ilgari ham shunday tanlovlar o‘tkazilganmi?
– Yo‘q, ushbu tanlov Jamiyatda ilk bor o‘tkazilayotgan muhim tashabbus hisoblanadi.
– Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?
– Tanlovda Jamiyatimizda mehnat faoliyati olib borayotgan barcha mutaxassislar qatnashish huquqiga ega.
– Bir ishtirokchi nechta loyiha taqdim etishi mumkin?
– Bu borada hech qanday cheklov yo‘q. Har bir ishtirokchi bir yoki bir nechta loyihasini taqdim etishi mumkin. Tabiiyki, loyihalar soni qancha ko‘p bo‘lsa, g‘oliblik imkoniyati shuncha ortib boradi.
– Tanlov haqida e’lon berilganidan beri qancha murojaat kelib tushdi? Qiziqish qay darajada?
– Qiziqish yuqori! Hozirgacha o‘ndan ortiq loyiha taqdim etildi. Ayni paytda mutaxassislar tomonidan ularni ko‘rib chiqish va baholash jarayonlari olib borilmoqda.
– Baholash qanday mezonlar asosida amalga oshiriladi?
– Loyihalar bir qator mezonlar asosida baholanadi. Jumladan, ular ishlab chiqarishda ilgari qo‘llanilmagan innovatsion yechimlarni o‘z ichiga olishi, ish jarayonini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lishi, iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lishi kerak. Qisqa muddat va kam xarajat bilan joriy etish imkoniyati bo‘lsa, qo‘shimcha daromad keltirsa, shuningdek, xomashyo, energiya va boshqa resurslarni tejashga xizmat qilsa — nur ustiga nur!
– G‘olib deb topilgan loyihalar ishlab chiqarishga joriy etiladimi?
– Albatta. Tanlovning yakuniy bosqichida saralab olingan eng yaxshi 3 ta loyiha mutaxassislar tomonidan amaliyotga joriy etish nuqtai nazaridan yana bir bor ko‘rib chiqiladi. Samarador deb topilganlari ish jarayoniga bosqichma-bosqich tatbiq etiladi.
– Tanlovda g‘olib deb topilgan ishtirokchilarga pul mukofotlari ham belgilangan ekan...
– Ha! G‘oliblar mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 8 baravaridan 10 baravarigacha bo‘lgan miqdorda pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
– Tanlovning tashkiliy jihatlari qanday tartibga solingan?
– Jamiyat bosh direktori buyrug‘i bilan barcha tartiblar aniq belgilab qo‘yilgan. Masalan, loyihalarni qabul qilish, tartibga solish va nazorat qilish vazifasi Tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish departamentiga, ya’ni bizga yuklatilgan. Axborot xizmati esa ijobiy baholangan loyihalarni Jamiyat axborot resurslarida yoritib boradi. Markaziy hisobxona tanlov g‘oliblarini mukofotlash uchun mablag‘ ajratish masalasini hal etadi.
– Muhammadsolih aka, qiziqarli suhbat uchun rahmat! Tanlovda ishtirok etayotgan barcha mutaxassislarga omad tilaymiz.
Ibrohim JUMABOEV suhbatlashdi
Oxirgi yangiliklar:
Jamiyat tizimida har juma “Sport kuni” deb belgilandi
Haftaning bir kunini “Sport kuni” etib belgilash to‘g‘risida “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori N.U. Dusmatovning 272-sonli buyrug‘i qabul qilindi. Buyruq O‘zbekiston Re...
O'qish
Jamiyat tizimida har juma “Sport kuni” deb belgilandi
Haftaning bir kunini “Sport kuni” etib belgilash to‘g‘risida “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori N.U. Dusmatovning 272-sonli buyrug‘i qabul qilindi. Buyruq O‘zbekiston Re...
O'qish
Mukofotlash va koeffitsientlar qanday tartibda hisoblanadi?
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan onlayn ovozli chatlar orqali tashkil etib kelinayotgan muloqotlarda fuqarolar va jamiyat xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan sa...
O'qish
Xalqaro forum: sanoat taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar
2026-yil 16-iyun kuni Toshkent shahrida o‘z ishini boshlagan V Toshkent xalqaro investitsiya forumi mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida muhim voqea bo‘ldi. Duny...
O'qish