Avtomobilga bog‘liq hayotdan chiqish vaqti keldi?
Nashr qilingan sana: 24.05.2026 23:11:13Odatdan siyosatga aylanayotgan o‘zgarish
Bugun hayotimizni avtomobilsiz tasavvur qilish qiyin. Zamonaviy shahar hayoti, ishga yetib borish, xizmat ko‘rsatish va kundalik harakatlarimiz transport bilan uzviy bog‘lanib qolgan. Dunyo miqyosida 1,4 milliarddan ortiq avtomobil mavjud bo‘lsa, ularning katta qismi yengil shaxsiy avtotoulavlar ekan.
O‘zbekistonda ham avtomobillashuv jarayoni jadal kechmoqda. Yengil avtomobillar soni yildan-yilga ortib, transport tizimining asosiy tayanchiga aylanmoqda. Deyarli har bir xonadonda shaxsiy avtomobil mavjud, ko‘plab oilalarda esa ikki yoki hatto uchtadan avtomobil bor. Bu farovonlik belgisi, albatta. Ammo bu o‘sish shahar infratuzilmasiga va ekologiyaga bosimni sezilarli darajada oshirmoqda.
Yo‘llarda tirbandlik, atmosfera havosining ifloslanishi, yonilg‘i va ehtiyot qismlar narxining oshishi, bu bularning barchasi avtomobilga bog‘liq hayotning tabiiy oqibatiga aylanib bormoqda. Shu bilan birga, inson uchun eng tabiiy harakat shakli bo‘lgan piyoda yurish odati kundalik hayotdan chetga chiqib qolmoqda.
“Avtomobilsiz kun”: odatdan tizimli siyosatga
Dunyo bo‘yicha “avtomobilsiz kun” kabi tashabbuslar yillar davomida turli shakllarda amalga oshirib kelingan. O‘zbekistonda ham bunday aksiyalar avvaldan o‘tkazilgan, ammo ularga har doim ham birdek jiddiy yondashilmagan. Ayrim hollarda bu tashabbuslar ramziy xarakterda qabul qilinib, keng jamoatchilik tomonidan yuzaki qaralgan. Natijada kutilgan ekologik va ijtimoiy ta’sir to‘liq ta’minlanmagan.
Aynan shu sababli hozirgi bosqichda yondashuv tubdan o‘zgarmoqda. Pezidentimizning 2026-yil 14-martda qabul qilingan “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon bilan bu yo‘nalish yangi, qat’iy bosqichga ko‘tarildi.
Qat’iylashuv va davlat namunasi
Eng muhim jihat, endilikda bu jarayon tavsiya emas, balki tizimli va majburiy ijro mexanizmiga ega bo‘lgan siyosat sifatida shakllanmoqda.
Farmonga muvofiq, 2026-yil 1-maydan boshlab har oyning 10- va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari muntazam o‘tkaziladi. Shu kunlarda davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.
Bu qoidaning mohiyati faqat cheklov emas, u jamiyat uchun aniq siyosiy signaldir. Davlat tizimi hamisha muhim o‘zgarishlarni boshlab beruvchi asosiy kuch sifatida maydonga chiqishi tabiiy. Chunki davlat fuqarolik xizmatchilari bu jarayonda birinchi bo‘lib o‘rnak bo‘lishi kerak. Ekologik madaniyat, harakat madaniyati va jamoat manfaatiga sadoqat avvalo aynan ularning amaliyotida namoyon bo‘lishi zarur.
E’tiorlisi, agar mazkur aksiyalar ish kunlariga to‘g‘ri kelsa, haydovchilarning ish haqi to‘liq saqlab qolinadi. Bu esa islohotning majburiy cheklov emas, balki ijtimoiy adolat va muvozanat asosida amalga oshirilayotganini ko‘rsatadi.
Burch va javobgarlik madaniyati
“Avtomobilsiz kun” endi oddiy aksiya emas. U bosqichma-bosqich ijtimoiy burch va javobgarlik madaniyatiga aylanadi. Bu jarayonda ishtirok etish shunchaki xohish emas, aksincha, umumiy havo sifati, shahar muhiti va kelajak avlod salomatligi uchun mas’uliyatli munosabatdir.
Shu ma’noda, piyoda yurish yoki jamoat transportidan foydalanish oddiy harakat emas, balki umummilliy maqsadga hissa qo‘shish sifatida qaralmoqda.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining ko‘p ming kishilik jamoasi ham ushbu aksiyada faol ishtirok etib kelmoqda. Ishga piyoda kelib-ketuvchilar safi ushbu aksiya natijasida yanada kengayishiga ishonamiz.
Ne’mat Dushayev,
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining matbuot kotibi ‒ axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi
Oxirgi yangiliklar:
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ vakili “Rossiya energetika haftaligi ‒ 2026” xalqaro forumida ishtirok etmoqda
2026-yil 14–16-oktabr kunlari Moskva shahrida ”Rossiya energetika haftaligi ‒ 2026” IX xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda. Yoqilg‘i-energetika sohasidagi muhim xalqaro tadbir...
O'qish.jpg)