Bilimingiz ‒ nur, tajribangiz ‒ tayanch, mehnatingiz ‒ ibrat!
Nashr qilingan sana: 30.09.2025 10:09:25Hurmatli konchi-ustozlar, qadrlI murabbiylar!
Mamlakatimizda ulug‘ bayram ‒ O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan barchangizni aksiyadorlik jamiyatimiz jamoasi va shaxsan o‘z nomimdan samimiy muborakbod etaman!
Inson hayotida ilm chirog‘ini yoqqan, kasb sirlarini o‘rgatgan, halol mehnatga yo‘l ko‘rsatgan ustozning o‘rni beqiyos. Ayniqsa, mashaqqatli va mas’uliyatli bo‘lgan ko‘mir sanoati sohasida o‘z bilimi va boy tajribasini avlodlarga meros qilib qoldirayotgan muhtaram ustozlarimiz mehnatiga har qancha tahsin aytsak arzaydi.
Bugungi kunda Jamiyatimiz va uning tarkibidagi barcha korxonalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, yoqilg‘i qazib olish jarayonlari, iqtisodiyot tarmoqlarini, aholi va ijtimoiy sohani sifatli yoqilg‘i bilan ta’minlashdagi barcha mehnat yutuqlarimiz – bu, avvalo Siz ‒ ustoz va murabbiylar salohiyati, bilim va tarbiyasining mahsulidir.
Sizlarning dono maslahatlaringiz, hayotiy tajribangiz va mehnatga bo‘lgan sadoqatingiz nafaqat bugungi kunda, balki kelajakda ham munosib vorislar yetishib chiqishiga zamin yaratadi.
“Ustoz – shogird” an’anasi yurtimizda qadimdan muqaddas hisoblanadi. Biz bu an’anani nafaqat saqlab qolamiz, balki yangi mazmun bilan boyitib, rivojlantirib boramiz. Jamiyatimiz qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘quv markazimizda yosh mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlash uchun tashkil etilgan doimiy o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirish, filiallarda yosh mutaxassislarga konchilikning nozik sir-asrorlarini o‘rgatishda hamisha ustoz va murabbiylarimizga tayanamiz. Zero, har bir yuksak malakali texnik, mashinist, mutaxassis ortida unga yo‘l ko‘rsatgan, ish, mehnat odobini o‘rgatgan ustozning o‘rni bor.
Aziz ustozlar!
Sizlarni ulug‘ bayram – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor chin qalbimdan muborakbod etaman!
Sizlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, mehnat faoliyatingizda hamisha zafarlar, shogirdlaringizdan faxrlanarli natijalar tilayman.
Bilimingiz ‒ nur, tajribangiz ‒ tayanch, mehnatingiz ‒ ibrat!
Sizga ta’zimdamiz, ustozlar!
Hurmat bilan,
N.U. Dusmatov,
“Uzbekkomir” AJ Bosh direktori
Oxirgi yangiliklar:
Ko‘mir sanoati istiqbollari “Глобус” jurnalida yoritildi
Rossiyaning tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi nufuzli nashrlaridan biri – “Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil may oyidagi 2 (91)-sonida ko...
O'qish
"O'zbekko'mir" AJ BKUQ raisi A.Qayumovning bayram tabrigi
Assalomu alaykum, qadrli konchilar, hurmatli hamkasblar va aziz hamshaharlar! Sizlarni butun musulmon olamining eng ulug‘ va qutlug‘ ayyomlaridan biri — muborak Qurbon...
O'qish
Qurbon hayiti munosabati bilan bayram tabrigi
Qadrli ko‘mir sanoati xodimlari va mehnat faxriylari! Hurmatli hamkasblar! Sizni muborak Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklayman. Qurbon hayiti xalqimiz hayotid...
O'qish
Ko‘mir sanoatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘mir sanoatida bozor mexanizmlarini joriy etish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va yangi investisiya loyihalari yuzasid...
O'qish