Shvetsiyaning Hexagon kompaniyasining vakillari bilan uchrashuv o'tkkazildi
Nashr qilingan sana: 08.04.2026 16:03:54Joriy yilning 7-aprel Shvetsiyaning Hexagon kompaniyasining Qozog‘istondagi vakili Alim Smakov jamiyatda uchrashuv o‘tkazdi.
“O‘zbekko‘mir” AJ MDP binosida o‘tkazilgan taqdimotda jamiyat mutaxassislari hamda filiallar mexaniklari va mehnat xavfsizligi xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda tog‘-kon sanoati uchun mo‘ljallangan zamonaviy raqamli va innovatsion yechimlar, ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, transport-logistika tizimlarini takomillashtirish hamda xavfsizlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.
Alim Smakov o‘z taqdimotida dispetcherlashtirish tizimi, texnikalar harakatini onlayn nazorat qilish, jarayonlarni tahlil qilish va samaradorlikni oshirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, transport vositalari uchun avtomatik marshrutlash, yuklash-tushirish jarayonlarini optimallashtirish tizimlari taqdim etildi.
Bundan tashqari, sanoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yechimlar — texnikalar o‘rtasida to‘qnashuvning oldini olish, piyodalarni aniqlash, tezlikni nazorat qilish hamda xavfli hududlarni monitoring qilish tizimlari haqida ham so‘z yuritildi.
Taqdimotda haydovchilar holatini nazorat qiluvchi tizim ham tanishtirilib, u sun’iy intellekt yordamida charchoq va diqqat pasayishini aniqlashi, xavfli vaziyatlarda ogohlantirish berishi qayd etildi.
Yakunda ushbu texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish va kelgusida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
Oxirgi yangiliklar:
Hurmatli “O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari!
Hurmatli “O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari! Sizni Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga taklif etamiz. 📅 Sana: 25.09.2026...
O'qish
Ommaviy axborot vositalari jurnalistLari va blogerlar diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” AJ “Angren ko‘mir koni”ga press-tur tashkil etmoqda. 2026-yil 25-sentabr kuni ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist hamda blogerlar...
O'qish
Rossiya kasaba uyushmasi delegatsiyasi “O‘zbekko‘mir” AJda bo‘ldi
2026-yil 23-sentabr kuni Rossiya Mustaqil ko‘mir sanoati xodimlari kasaba uyushmasi delegatsiyasi “O‘zbekko‘mir” AJga tashrif buyurdi. Tashrifdan asosiy maqsad ikki to...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ xodimlari uchun seminar-trening o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ filiallari uchun intellektual va rahbarlik salohiyatiga ega kadrlarni tayyorlash bo‘yicha navbatdagi seminar-trening tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘...
O'qish