2024-yilda 37 ta loyiha bo‘yicha 5 719,0 mln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi
Nashr qilingan sana: 08.01.2025 05:16:36 “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha o‘tgan yillarga nisbatan o‘sish suratlari 2024-yilda sezilarli darajada yuqori bo‘ldi.
Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining 2024-yil 3-maydagi 61-son bayonining 1-ilovasiga asosan, “O‘zbekko‘mir” AJning mahalliylashtirish dasturi 5 341,0 mln. so‘m qiymatida belgilangan.
Dastur doirasida yanvar-dekabr oylarida 37 ta loyiha bo‘yicha 5 719,0 mln.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, prognoz 107 foizga bajarildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish suratlari 103 foizni, import o‘rnini bosish samaradorligi 446,7 ming dollarni tashkil qildi.
Yangi loyihalar asosda, jumladan, 120 kub metr hajmidagi ikkita lentali qabul qiluvchi bunker, konveyer lentasi uchun 250 dona qirg‘ich (skrebok), 171 dona yer osti koni qirg‘ichli konveyeri uchun yo‘naltiruvchi, elektrovoz motorining o‘qi uchun 140 dona sirpanuvchi podshipnik, harakatlanuvchi tarkib uchun tormozlash quyma 584 dona kolodka ishlab chiqarildi.
Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishda sanoat kooperatsiyasi ham katta ahamiyatga ega.
Jamiyatda bu borada ham amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan sanoat kooperatsiyasi asosida yanvar-dekabr oylarida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalardan 36,7 mlrd.so‘m mahsulotlar xarid qilindi. Bu bilan 2,8 mln. dollarlik import o‘rni qoplandi. Jumladan, “QUYOSHCHA NURI” MChJdan ekskavator kovsh tishlari, “IMAGINE” MChJdan yong‘in o‘chiruvchi maxsus avtomobil, “MAXAM UZBEKISTAN” va “FIRALIT” MChJlaridan kon ochish ishlarida foydalaniladigan portlatish vositalari sotib olindi.
Shuningdek, yil davomida mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan jamiyat tomonidan avval import qilingan 2 625,7 mln.so‘mlik mahsulotlar shatakka olish tizimi orqali o‘zlashtirildi. Jumladan, “HYDRO COMPONENT” MChJ tomonidan yanvar-dekabr oylarida turli o‘lchamdagi yuqori bosimli shlanglar, “SREDAZPODSHIPNIK” MChJ hamda “CARBON POLYMER” MChJ tomonidan tomonidan turli o‘lchamlardagi podshipniklar ishlab chiqarildi va import o‘rni qoplandi.
Mahalliy mahsulotlar va ehtiyot qismlarning afzalliklari shundaki, ular mahalliy sharoitlarda sinovdan o‘tgan. Qolaversa, ishlab chiqaruvchilar bilan muammolarni joyida oson kechadi. Bunday mahsulotlar bo‘yicha jamiyatimiz tomonidan taklif yoki e’tiroz paydo bo‘lsa, mahalliy ishlab chiqaruvchilar ularning tuzilishiga, shakliga yoki tarkibiga o‘zgartirish kiritgan holda qayta tayyorlab berishlari mumkin.
Amirxon Mamatov,
“O‘zbekko‘mir” AJ tashqi va ichki xaridlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

Oxirgi yangiliklar:
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ vakili “Rossiya energetika haftaligi ‒ 2026” xalqaro forumida ishtirok etmoqda
2026-yil 14–16-oktabr kunlari Moskva shahrida ”Rossiya energetika haftaligi ‒ 2026” IX xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda. Yoqilg‘i-energetika sohasidagi muhim xalqaro tadbir...
O'qish