Aholiga arzonlashtirilgan ko‘mir tarqatish izchil davom ettirilmoqda
Nashr qilingan sana: 28.02.2024 12:56:162023/2024 yillar kuz-qish mavsumi uchun respublika aholisi va byudjet tashkilotlariga jami 1 819,6 ming tonna, shundan aholiga 1 232,9 ming tonna, byudjet tashkilotlari uchun jami 586,6 ming tonna, shundan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjet tashkilotlariga 353,5 ming tonna, (DXSH asosida tadbirkorlik sub’yektlariga 233,1 ming tonna) mahalliy ko‘mir yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
“Ko‘mir ta’minot” MCHJ tomonidan taqdim etilgan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil kuz-qish mavsumining bugungi kuniga qadar aholiga 1 mln 178,5 ming tonna (96 foiz), byudjet tashkilotlariga jami 577,4 ming tonna (98 foiz), shundan to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjet tashkilotlariga 352,3 ming tonna (100 foiz), davlat xususiy sheriklik (DXSH) asosida istitish tizimlarini boshqarish uchun jalb qilingan tadbirkorlik sub’yektlariga 225,1 ming tonna (97 foiz) mahalliy ko‘mir yetkazib berildi.
Bugungi kunda aholi uchun 1 tonna ko‘mir – 309 800 so‘mdan, byudjet tashkilotlari uchun 1 tonna ko‘mir – 431 400 so‘mdan realizatsiya qilinmoqda.
Hududlardagi MFYlar tomonidan shakllantirilgan hamda mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlagan ro‘yxatga asosan mahalliy ko‘mir mahsulotlari “Ko‘mir ta’minot” MCHJning respublikadagi jami 90 ta hududiy omborlari va 13 ta shahobchasi orqali aholi va byudjet tashkilotlari uchun yetkazib berilmoqda.
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish