Amir Temur tavallud kuniga bag‘ishlangan tadbir
Nashr qilingan sana: 05.04.2024 06:58:09Amir Temur tavallud kuniga bag‘ishlangan tadbir
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Amir Temur — o‘zligimizni anglash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulug‘vor ishlarda xalqimizga ma’naviy kuch bag‘ishlab kelayotgan ulug‘ siymolardan biridir. Uning milliy davlatchilik tarixi, ilm-fan, madaniyat, bunyodkorlik va boshqa sohalardagi ulkan merosi, mardlik, jasorat, adolat, sadoqat hamda vatanparvarlikka yo‘g‘rilgan fazilatlari nafaqat o‘zbek xalqi, balki bashariyat uchun ham ibrat namunasidir.
Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Nosirov olib borgan tadbirda so‘zga siqqanlar yuqoridagi fikrlarni alohida ta’kidladilar.
O‘zbekiston xalq artisti Turg‘un Beknazarov, xizmat ko‘rsatgan artist Gulchehra Nosirova hamda teatr aktyori Qobil Umirovlar sohibqiron Amir Temur shaxsi va u tuzgan buyuk saltanat haqida qiziqarli chiqishlar qildilar. Ular ijrosidagi qo‘shiqlar barchada katta taassurot qoldirdi.

Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish