“Angren ko'mir koni”da maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Nashr qilingan sana: 02.09.2025 11:36:35“O‘zbekko‘mir” AJning “Angren ko'mir koni” filialida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda obyekt tuzilmalarining shahar fuqaro muhofazasi xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
.jpg)
Portlovchi moddalar saqlash va tarqatish omborida tashkil etilgan mashg‘ulotda Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha ob'yektdagi yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘linmasi, 53-Yong‘in-qutqaruv qismi, 2-Alohida harbiylashtirilgan kon-qutqaruv vzvodi, fuqaro muhofazasi tuzilmalari hamda jami 63 nafar xodim va 6 ta maxsus texnika ishtirok etdi.
O‘quv mashg‘uloti davomida belgilangan maqsad va vazifalarga erishildi, qatnashchilar o‘z amaliy va nazariy ko‘nikmalarini oshirdilar. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida korxona xodimlari va FVDT kuch hamda vositalarining hamkorlikdagi harakatlari takomillashtirildi

Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish