Angren konchilari faoliyati xaqaro e’tirofda
Nashr qilingan sana: 21.03.2026 01:06:58
“Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart sonida yana bir tahliliy maqola o‘quvchilar hukmiga havola qilindi. Ushbu maqola ham angrenlik jurnalist Diana Andreyeva qalamiga mansub bo‘lib “Inson va suv stixiyasi kurashi” (“Lyudi protiv vodы”) deb nomlangan va fotosuratlar ilova qilingan.
Ushbu maqolada “Angren” ko‘mir konidagi suv stixiyasi bilan kurash, konchilik jarayonida yuzaga keladigan murakkab gidrogeologik sharoitlar hamda ularni bartaraf etishda qo‘llanilayotgan zamonaviy yechimlar haqida so‘z boradi. Muallif ishlab chiqarish jarayonining ko‘rinmas, ammo hal qiluvchi ‒ to‘planib qolayotgan suvni kon tubidan chiqarish tizimlari, nasos stansiyalari faoliyati va ular ortida turgan konchilar mehnatini yoritadi.
Shuningdek, maqolada ko‘mir qazib olish jarayonida suvning ta’siri, mavsumiy o‘zgarishlar, tabiiy xavflar va ularga qarshi kurashayotgan mutaxassislarning tajribasi hayotiy misollar orqali ochib berilgan.
Ma’lumot uchun, “Глобус: геология и бизнес” Rossiya Fe-deratsiyasida nashr etiladigan xalqaro ilmiy-amaliy jurnal bo‘lib, geologiya, tog‘-kon sanoati va biznes sohalaridagi dolzarb mav-zularni yoritadi. Nashr Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda keng tarqatiladi.
So‘nggi yillarda jurnal va “O‘zbekko‘mir” AJ o‘rtasida ijodiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unda jamiyat faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari va konchilar mehnatiga bag‘ishlangan bir qator tahliliy maqolalar muntazam ravishda e’lon qilib kelinmoqda.
Manbaa:https://www.vnedra.ru/glavnaya-tema/lyudi-protiv-vody-30586/
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish