Ayolga ehtirom — jamiyatga ehtirom
Nashr qilingan sana: 07.03.2025 05:42:24

Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga hamisha munosib ehtirom ko‘rsatib kelinmoqda. Bu bejizga emas. Xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzi ortib bormoqda. Ko‘p ming kishilik “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarishida ham ular o‘zlarining ko‘p yillik samarali mehnati, yuqori kasbiy malakasi va mahorati bilan faol qatnashib, ko‘mir sanoati rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar.
Bugungi kunda jamiyat tizimidagi korxonalarda 1 ming 100 nafar xotin-qiz samarali faoliyat olib bormoqda. Konstitutsiyamizning 46-moddasida belgilab qo‘yilganidek, ular erkaklar bilan teng huquqlidirlar. Ayni paytda Jamoa shartnomasiga ko‘ra xotin-qizlar uchun qo‘shimcha qator imtiyozlar va kafolatlar belgilab berilgan. Xususan, homilador ayollar, farzandi ikki yoshgacha, uch yoshgacha, 12 va 16 yoshgacha to‘lguncha ular alohida-alohida va muayyan imtiyozlardan foydalanmoqdalar. Farzandi uch yoshga to‘lmagan ishlovchi ayollar uchun ish vaqti bir soatga qisqartirilgan.
Jamoa shartnomasida 8 mart bayrami munosabati bilan pul mukofoti ham joriy etilgan.
Bir so‘z bilan aytganda, jamiyatimizda ayollar uchun unumli ishlashi, shuningdek oilada bola tarbiyasi bilan shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratib berilmoqda.
Bahor ‒ fusunkor fasl, mart oyi esa bayramlarga boy. Bu ham bejiz emas. Fursatdan foydalanib, jamiyatimiz xotin-qizlarini 8 mart ‒ Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz. Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz konchi opa-singillar!
Abdunosir Qayumov,
Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish