Buxoroda byudjet tashkilotlariga mahalliy ko‘mir yetkazib berish shartnomasi to‘liq bajarildi
Nashr qilingan sana: 05.07.2023 22:48:08
Buxoro viloyatida 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumida mahalliy ko‘mir yoqilg‘isi bilan ta’minlash bo‘yicha viloyat hokimligi taqdim etgan ma’lumotlar asosida byudjet tashkilotlariga jami 29,3 ming tonna mahalliy ko‘mir mahsulotlari yetkazib berish rejalashtirilgan.
Jumladan, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalariga ‒ 26,1 ming tonna;
‒ sog‘liqni saqlash muassasalariga ‒ 2,2 ming tonna;
‒ oliy ta’lim, fan va innovasiyalar muassasalariga ‒ 0,8 ming tonna
‒ sport va Madaniyat tashkilotlari ‒ 0,2 ming tonna.
Viloyat byudjet tashkilotlarining birlamchi talabiga asosan jami 19,1 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolangan bo‘lib, bu jami rejaning 65 foizini tashkil etadi.
Joriy yilning 1 iyul holatiga viloyatdagi byudjet tashkilotlariga shartnoma asosida 19,1 ming tonna mahalliy ko‘mir mahsulotlari yetkazib berildi.
Ayni paytda byudjet tashkilotlari uchun rejalashtirilgan 29,3 ming tonna ko‘mir mahsulotlarini viloyatga to‘liq olib kelish yoki belgilangan reja ko‘rsatkichlarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha viloyat hokimligiga murojaat qilingan.
Zokir Toshev,
“Ko‘mir ta’minot” MCHJning Buxoro viloyat filiali boshlig‘i v.v.b.
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish