Ertalabki badantarbiya – tetiklik va yaxshi kayfiyat garovi
Nashr qilingan sana: 04.09.2026 15:35:27Ertalabki badantarbiya bilan boshlangan ish kuni insonga kun davomida tetiklik va yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi. “O‘zbekko‘mir” AJda bugun, juma kuni ham ish kuni ana shunday ruhda boshlandi.
“Juma – sport kuni” etib belgilangani munosabati bilan Ijro apparati xodimlari Jamiyatning bosh binosi hovlisida jamlandi. Sport klubi raisi Muhriddin Abdullaev rahbarligida badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazilib, xodimlar turli jismoniy mashqlarni bajardilar.
Shundan so‘ng Jamiyatning sport majmuasida tarkibiy bo‘linmalar o‘rtasida o‘zaro voleybol musobaqasi tashkil etildi. Bunday sport tadbirlari korxonada tobora an’ana tusiga kirib bormoqda.
Xususan, bu galgi voleybol musobaqasida qirq nafarga yaqin xodim ishtirok etdi. Maydonda to‘p uzatishlar, qiyqiriqlar, g‘alaba quvonchi va mag‘lubiyat alami mujassam bo‘ldi. Eng muhimi, musobaqa xodimlar o‘rtasida do‘stona muhitni yanada mustahkamladi.
Sport tadbiri yakuniga yetgach, xodimlar tetiklik va ko‘tarinki kayfiyatda o‘z ish joylariga qaytib, mehnat faoliyatini davom ettirdilar.
Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Ko‘mir sohasida bozor mexanizmlari: dolzarb savollarga tezkor javoblar
2026-yil 26-avgust kuni “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan O‘zMTRK “Toshkent” telekanali studiyasida “O‘zbekko‘mir” AJning 2026-yil I-yarim yillik yakunlari va ko‘mir sohasida b...
O'qish
Yangi o‘quv yili – yangi orzu va maqsadlar sari
Bugun yurtimiz maktablarida quvonchli ayyom – yangi o‘quv yili boshlandi. Yangi 2026/2027-o‘quv yilining ilk kuni mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalarida Bi...
O'qish
Men konchiman ‒ mehnatim bilan, ijodkorlik ‒ maslakim
Biz, tengdoshlarim bilan birga, Mustaqillik davrida tug‘ilib, shu muhitda ulg‘aydik. Eski davr qanday bo‘lganini kattalarimizdan eshitib, kitoblardan o‘qib bildik. S...
O'qish