Fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligi – dolzarb vazifa
Nashr qilingan sana: 14.05.2024 08:34:36Bugun “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’ekt tuzilmalarining shahar fuqaro muhofazasi xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

“Angren ko‘mir koni” filialiga qarashli portlovchi moddalarni saqlash va tarqatish omborida shahar fuqaro muhofazasi xizmatlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir davomida jamiyat favqulodda vaziyatlar tuzilmalari ishtirok etdilar. Jarayonda tabiiy va texnolgen tusdagi ofatlarga qarshi shaylik darajasi sinovdan o‘tkazildi.
Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2023-yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2024-yildagi vazifalar to‘g‘risida”gi 2024-yil 22-yanvardagi 1-sonli buyrug‘i ijrosi doirasida tashkil etildi.


Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish