Haftaning har juma kuni — Sport kuni etib belgilangan
Nashr qilingan sana: 03.07.2026 16:40:57"O‘zbekko‘mir" AJ "Angren ko‘mir koni" filiali xodimlari haftaning har juma kunini an’anaga aylangan ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari bilan boshlaydilar.
Mazkur sport mashg‘ulotlari sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, xodimlar salomatligini mustahkamlash, jismoniy faollikni oshirish hamda mehnat unumdorligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, bunday mashg‘ulotlar jamoada hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlab, xodimlarning ish kunini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashlariga zamin yaratadi.
Jismoniy faollik nafaqat inson salomatligini mustahkamlaydi, balki mehnat samaradorligini oshirish, kasbiy faoliyat davomida yuqori natijalarga erishish va xavfsiz mehnat madaniyatini shakllantirishda ham muhim omil hisoblanadi.
"O‘zbekko‘mir" AJda xodimlar salomatligini asrash, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va sportni ommalashtirish doimiy e’tibor markazida bo‘lib, bu boradagi tadbirlar muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.
Sog‘lom xodim — unumli mehnat, kuchli jamoa va barqaror taraqqiyot garovidir.
Sport — salomatlik va samarali mehnat garovi!
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish