Juma – sport kuni: Ertalabki badantarbiya – samara garovi
Nashr qilingan sana: 31.07.2026 10:54:16Ertalabki badantarbiya inson salomatligi uchun juda muhim. U organizmni uyg‘otadi, kayfiyatni ko‘taradi, kunni tetik va serg‘ayrat boshlashga yordam beradi. Doimiy jismoniy mashqlar mehnat unumdorligini oshirishga, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi.
“O‘zbekko‘mir” AJda har juma Sport kuni etib belgilangan. Shu munosabat bilan ijro apparati va filiallarda ertalabki jismoniy badantarbiya mashg‘ulotlarini muntazam o‘tkazish yaxshi an’anaga aylanib bormoqda.
Bugun Ijro apparati hovlisida navbatdagi jismoniy badantarbiya mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotlarni Sport klubi raisi Muhriddin Abdullaev olib bordi. Atigi 10 daqiqa davom etgan mashg‘ulotlar ishtirokchilarga kunni tetik va ko‘tarinki ruhda boshlash imkonini berdi.
Korporativ jismoniy mashqlar nafaqat sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga, balki jamoada hamjihatlikni mustahkamlash, ijobiy muhitni shakllantirishga ham xizmat qiladi.
Ayrimlarda tortinish yoki uyalish hissi bo‘lishi mumkin. Biroq bunday mashg‘ulotlarda bunga o‘rin yo‘q. Aksincha, har bir ishtirokchi o‘z salomatligi va jamoaning sog‘lom muhitini shakllantirishga munosib hissa qo‘shadi.
Sog‘lom jamoa – muvaffaqiyatli jamoa!
Oxirgi yangiliklar:
Dashtobod ko‘mir ombori faoliyati yuzasidan rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida Jizzax viloyati Zomin tumani Dashtobod shahri, “Bunyodkor” mahallasi hududida joylashgan Dashtobod ko‘mir ombori faol...
O'qish
Ustoz — konchilik kasbining buyuk maktabi
Har bir katta yo‘l ustozdan boshlanadi. Kasbning sir-asrorini o‘rganish, uning mashaqqati va mas’uliyatini anglash, eng muhimi, orttirilgan tajribani keyingi avlodga yetk...
O'qish
Korxonaga zarur mutaxassislar tayyorlash imkoniyatlari kengaytiriladi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 30 sentyabr kuni “Yangi O‘zbekiston” universitetida ustoz va murabbiylar bilan uchrashuvda korxona ehtiyojidan kelib chiqib mutaxassis ta...
O'qish
Sizga ta’zim, sizga ehtirom, aziz ustozlar!
Hurmatli ustoz konchilar, mehnat faxriylari! Siz, aziz ustozlarimizni, barcha konchilarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman! Inson hayo...
O'qish