Konchi-ayollarga ehtirom ko‘rsatildi
Nashr qilingan sana: 06.03.2024 06:38:59Bahor bayramlar bilan boshlandi. Ko‘klamning ikkinchi haftasida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramini nishonlaymiz.
Shu munosabat bilan bugun “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda ijro apparati va filiallar rahbar-mutaxassislari, konchi-xotin-qizlar vakillari ishtirok etdilar.
Bugungi Angrendagi ko‘mir sanoati korxonalarida ming nafardan ziyod xotin-qizlar turli kasblarda mehnat qilmoqdalar. Qattiq yoqilg‘i qazib olish va iste’molchilarga yetkazib berishda ularning salmoqli hissasi bor.
“Qurilish-montaj ishlari” filialida tashkil etilgan tadbirga Jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Qayumov va boshqalar konchi-ayollarning ishlab chiqarish va ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotdagi faolligini alohida ta’kidlab, ularni ayyomlari bilan samimiy muborakbod etdilar.
Jamiyat ijro apparati va filiallarda mehnati qilayotgan ilg‘or xotin-qizlardan 100 nafariga gul va bayram sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
O‘zbekiston san’at ustalari ishtirokidagi bayram konserti yig‘ilganlarga bayramona xush kayfiyat ulashdi.
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish