Konchilar xizmati e’tirof etildi
Nashr qilingan sana: 01.03.2024 05:15:40
“O‘zbekko‘mir” aksidorlik jamiyatining 8 fevral kuni Qamchiq dovonida yuzaga kelgan favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etishdagi xizmatlari e’tirof etildi
Qalin qor yoqqani sababli xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismi shu yilning 8 fevral kuni soat 00:50 dan avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda zaruriy muhofaza tadbirlari amalga oshirilishi natijasida soat 10:30 da Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi.
Shu kuni jarayonga jalb etilgan “O‘zbekko‘mir”aksiyadorlik jamiyati tomonidan dovon yo‘liga yuqori o‘tish qobiliyatiga ega bo‘lgan NEFAZ avtotransportlari yuborildi va yo‘l harakatini vaqtincha cheklash davrida 555 nafar yo‘lovchi xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi.
Qamchiq dovonida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatni bartaraf etishdagi faol ishtiroki uchun “O‘zbekko‘mir” AJ jamoasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish