Konchilar yashil maydonda kuch sinashdilar
Nashr qilingan sana: 11.10.2024 07:01:09#Ommaviy_sport

Bugun “Angren ko‘mir koni” filialida bo‘limlararo futbol o‘yini o‘tkazildi.
Musobaqa oldidan tashkil etilgan tadbirni “Angren ko‘mir koni” filiali direktori A.M.Korchagin qisqacha kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi tadbirda so‘z olib, ommaviy sport musobaqalarining, ayniqsa futbolning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyatini alohida ta’kidladi va bugungi musobaqalarda barcha jamoalarga muvaffaqiyatlar tiladi.
Shundan so‘ng musobaqalarga start berildi. Kun davomida filialdagi bo‘limlarning 21 futbol jamoasi o‘zaro kuch sinashadi.
Natijalarga ko‘ra sharafli birinchi o‘rinni 10-bo‘lim futbol jamoasiga qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin 86-bo‘lim jamoasiga, 3-o‘rin 53-bo‘lim jamoasiga nasib qildi.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar.
Ma’lumot uchun, 11-noyabr ‒ O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport o‘yinlari o‘tkazish belgilangan.

Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish