Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining 2026-yil I yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi
Nashr qilingan sana: 22.07.2026 15:48:13
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining 2026-yil I yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda Komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati komplayens inspektori Murodjon Abduraimov ishtirok etib, hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar haqida axborot berdi.
Ta’kidlanganidek, hisobot davrida Jamiyatda korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini barvaqt aniqlash, ichki nazorat tizimini takomillashtirish hamda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yo‘nalishida tizimli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, 5700 nafardan ortiq xodim tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha deklaratsiyalar rasmiylashtirilib, ular tahlil qilindi. Natijada 14 ta ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi holati aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.
Shuningdek, “Masofaviy audit” axborot tizimi orqali aniqlangan holatlar o‘rganilib, amaldagi qonunchilik talablari asosida zarur tashkiliy choralar ko‘rildi.
Brifing davomida Prezidentimizning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi farmon va qarorlari ijrosi doirasida Jamiyatda komplayens tizimi takomillashtirilgani, ichki nazorat tuzilmalari faoliyati kuchaytirilgani hamda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki me’yoriy hujjatlar amaliyotga to‘liq joriy etilgani qayd etildi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilda Jamiyat boshqaruv apparati va 8 ta filial faoliyatining 17 ta funksiyasi bo‘yicha korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholanib, natijalari “E-anticor.uz” platformasiga joylashtirildi. Aniqlangan xavf-xatarlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, ijrosi ta’minlanmoqda.
Shu bilan birga, davlat xaridlari va shartnomalar monitoringi, ishga qabul qilish jarayonlarida ochiqlikni ta’minlash, kontragentlarni tekshirish hamda xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilayotgani ta’kidlandi.
Hisobot davrida korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan 23 ta seminar va davra suhbatlari tashkil etilib, ularda 845 nafar rahbar va xodim ishtirok etdi.
Brifing yakunida OAV vakillarining savollariga batafsil javoblar berildi hamda “O‘zbekko‘mir” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish, halollik tamoyillarini mustahkamlash va shaffof boshqaruvni ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi.
https://www.facebook.com/share/v/14jhkNECsBh/
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish