Manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyganlik uchun javobgarlik choralari belgilanmoqda
Nashr qilingan sana: 01.06.2023 04:58:12Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatida "Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida"gi qonun maʼqullandi. Endilikda ushbu munosabatlarni tartibga solish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakolatli organ boʻlib, sohadagi faoliyatni muvofiqlashtiradi hamda manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq holatlar aniqlanganda sudga daʼvo kiritadi.
Maʼlumki, ayrim qonun hujjatlarida manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida tushuntirish berilgan, ammo davlat organlari va muassasalarida ularni amalga oshirish va nazorat qilishning aniq mexanizmi belgilanmagan. Sohada yagona amaliyotni shakllantiruvchi vakolatli organ ham mavjud emas. Bundan tashqari manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida xabar berish amaliyoti yoʻlga qoʻyilmagan. Binobarin, "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi qonunda davlat organlarining manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish yoki uni bartaraf etish talablari buzilishiga yoʻl qoʻygan xodimlari, shuningdek, ularning rahbarlari qonunchilikka muvofiq javobgar boʻlishi belgilangan boʻlsa-da, qonunchilik hujjatlarida javobgarlik masalalari nazarda tutilmagan.
"Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida"gi qonun shu kabi kamchiliklarga barham berishga qaratilgan.
Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritilgan mazkur qonun Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasida dastlabki tarzda muhokama qilindi.
Qonun yuqoridagi muammolarni bartaraf etish bilan birga korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqaruvchi manfaatlar toʻqnashuvi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishda muhim oʻrin tutishi taʼkidlandi.
Unda manfaatlar toʻqnashuvi tushunchasi, davlat xizmatchilarining majburiyatlari hamda uni tartibga solish boʻyicha aniq mexanizmlar belgilanmoqda.
Hujjatning qoʻllanilish doirasi aniqlashtirilmoqda, yaʼni qonun davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga, shuningdek, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan, shuningdek, oʻz ustav fondida davlat organlarining yoki boshqa tashkilotlarning ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilishi nazarda tutilmoqda.
Eng muhimi, davlat tashkiloti faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solishda vakolatli organlar belgilanmoqda. Endilikda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, davlat tashkilotlarining odob-axloq komissiyalari, kadrlar boʻlinmalari va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solishni amalga oshiradigan organlar sifatida mustahkamlanmoqda.
Qonunda davlat tashkiloti xodimlariga nisbatan manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha cheklovlar, manfaatlar toʻqnashuviga oid talablarni buzishning huquqiy oqibatlari, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻygan holda qabul qilingan va tuzilgan bitimlarni sud tartibida haqiqiy emas, deb topish asoslari, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyganlik uchun javobgarlik choralari belgilanmoqda.
Qonunning amaliyotga tatbiq etilishi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldi olinishiga zamin yaratadi.
Erkin Amanov,
"Oʻzbekkoʻmir" AJ korrupsiyaga qarshi kurash xizmati rahbari
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish