Mehnat muhofazasi – kasaba uyushmalarining nazoratida
Nashr qilingan sana: 26.04.2024 04:53:1425-aprel kuni “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi”ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashkilotchiligida Chirchiq shahridagi “Kimyogar” madaniyat saroyida tashkil etilgan talovda “O‘zbekko‘mir” AJ vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar. Jumladan, “Eng yaxshi kasaba uyushmasi” nominatsiyasida “ATT” filiali (raisi R.Ahmataliev) 1-o‘rinni egalladi. “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha eng yaxshi tashkilot” nominatsiyasida ham “ATT” filialiga (S.Shamirov)ga (2-o‘rin) nasib etdi.
Shuningdek, “Eng yaxshi mehnat muhofazasi vakillari” nominatsiyasida I. Alyoshin (“TYT” filiali), Z.Hamzaev (“Angren ko‘mir koni” filiali), “Eng yaxshi yosh mutaxassis” nominatsiyasida I.Abdumannopov (“Angren ko‘mir koni” filiali) faxrli 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.
G‘oliblar Federatsiyaning Toshkent viloyati Kengashi tomonidan diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Umumjamoa hisobida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichida sharafli 1-o‘rinni egalladi.

Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish