Munosib nomzodlar saralanib ishga qabul qilinmoqda
Nashr qilingan sana: 12.06.2023 05:48:17Avval xabar berganimizdek, 8 iyun kuni "Oʻzbekkoʻmir" AJ tizimidagi korxonalarning boʻsh ish oʻrinlariga qabul boʻyicha navbatdagi sinov imtihonlari oʻtkazilgan edi. Bugun, 12 iyun kuni qabul boʻyicha ishchi guruhi ertalabdan oʻz ishini davom ettirmoqda.
Sizga yaxshi maʼlum, jamiyat tizimidagi korxonlardagi mavjud boʻsh ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlar jamiyatning internetdagi uzbekcoal.uz rasmiy veb-saytida joylashtirib borilmoqda. 31 may kunigacha filiallardan ulardagi mavjud boʻsh ish oʻrni haqida murojaatlar kelib tushdi va 115 ta kasbga oid 165dan ortiq lavozimlar boʻyicha eʼlon 1-5 iyun kunlari rasmiy veb-saytimizda turdi. Ushbu eʼlon boʻyicha 400dan ortiq onlayn ariza kelib tushdi.
Qabul boʻyicha ishchi guruhi birinchi bosqichda ushbu arizalarni oʻrganib chiqib, talabgorlarning hujjatlari toʻgʻri kelishiga qarab dastlabki 62 nafarini ikkinchi bosqich - sinov imtihoniga taklif etdi. Nomzodlar avval oʻzlari tanlagan kasblari boʻyicha test topshirdilar. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtganlarning 23 nafari suhbatga jalb qilindi va suhbatdan ham yaxshi oʻtgan nomzodlar ishga joylashish boʻyicha yoʻllanma oldilar.
Bugun onlayn ariza topshirgan talabgorlardan yana 91 nafari sinov imtihonlariga taklif etildi.
Ishchi guruhi aʼzolarining taʼkidlashicha, taklif etilayotgan boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha ekskavator mashinisti, ekskavator mashinisti yordamchisi, qayta yuklovchi (peregrujatel), elektr chilangari, avtokran mashinisti, konveyer mashinisti, temir yoʻl stansiyasi mashinisti lavozimlariga nisbatan koʻproq nomzodlar tanlab olindi. Biroq yuriskonsult, tokar, sozlovchi kabi lavozimlarga talabgorlar kam.
Qayt etish kerak, arizalar onlayn olinayotgan va shaffof oʻtkazilayotgan qabul jarayonida sinov imtihonlariga talabgorlarning nisbatan yuqori tayyorgarlik bilan kelayotgani kuzatilmoqda.
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJ: I yarim yillikda murojaatlar soni 5,1 foizga kamaydi.
“O‘zbekko‘mir” AJ: I yarim yillikda murojaatlar soni 5,1 foizga kamaydi 2026-yilning birinchi yarim yilligida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga 262 ta muroja...
O'qish
Davlat tili rivojiga yana bir qadam: 41 ta yangi atama tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan davlat tilida rasmiy qo‘llaniladigan 41 ta yangi atamaning o‘zbekcha muqobili tasdiqlandi. Bu davlat tilida i...
O'qish
Dashtobod ko‘mir ombori: navbatdagi murojaatga munosabat
2026-yil 13-iyul kuni EKOLOG.UZ saytida Dashtobod shahridagi ko‘mir ombori faoliyati yuzasidan “Ko‘mir changi salomatligimizga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda” sarlavhasi osti...
O'qish
Qora metallurgiya sohasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi
2026-yil 13-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida qora metallurgiya sanoatini rivojlantirish, tarmoqning raqobatbardoshligini oshirish, mahalliy xomashyo bazas...
O'qish