Murojaatlar eʼtibordan chetda qolmaydi
Nashr qilingan sana: 04.04.2023 15:21:07"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyatining Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash boʻlimiga har kuni isteʼmolchilardan isitish mavsumida koʻmir bilan taʼminlash yuzasidan murojaatlar kelib tushadi. Boʻlimga ariza yuborayotganlar orasida mahalliy koʻmir sanoati korxonalariga ishga joylashish istagida boʻlganlar ham koʻp. Har bir murojaat koʻrib chiqilishi va iloji boricha odamlar manfaati koʻzda tutilishi lozim.
2023 yilning birinchi choragida murojaatlar boʻlimiga 253 ta murojaat kelib tushgan boʻlsa, shundan 142 tasi ijobiy hal etilgan, 30 ta murojaat yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan, 80 ta murojaat rad etilgan. Hozirgi vaqtda isitish davri deyarli tugagani sababli, bu boradagi murojaatlar ancha kam boʻlib, chorak davomida ulardan 12 tasi roʻyxatga olingan, ammo bandlik bilan bogʻliq savollar koʻp – 167 ta.
Ish bilan taʼminlanish, bu insonning toʻlaqonli mavjudligining eng muhim jihati. Doimiy ishga joylashish bugungi kunda dolzarb boʻlib, bu masala birinchi navbatda, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan, zarur ish tajribasiga ega boʻlmagan yoshlarni tashvishga solmoqda. Bundan tashqari, tegishli malaka va ishlab chiqarishda tajribasi bor, ammo ishsiz fuqarolarda ham bu masala qiziqish uygʻotadi. "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati korxonalarida mavjud boʻsh ish oʻrinlari rasmiy veb-sayt va telegram kanali hamda guruhlarimizda bu haqida zarur maʼlumotlar berib borilmoqda.
Chorak davomida koʻmirni oʻz vaqtida va yetarli miqdorda olgan isteʼmolchilar biz bilan bogʻlanib, buning uchun minnatdorchilik bildirishgani sohamiz xodimlariga mamnuniyatlik bagʻishlaydi. Ayniqsa, Surxondaryo viloyatidan eng koʻp minnatdorchilik bildirildi – ushbu hudud aholisi ham isteʼmolchilarimizdan biri sanaladi. Masalan, fuqarolar SH.Rahmonov, O.Karimov, A.Donayev, T.Qurbonov, X.Mahmudov, A.Toʻraxonovlar oʻz vaqtida yetkazib berilgan sifatli koʻmir uchun angrenlik konchilarga minnatdorchilik bildirdi. Namangan viloyatidan U.Akbarova, Z.Ortiqov, D.Karimova, R.Mavlanova, B.Masaidov va boshqalar ham jamiyatimiz faoliyatidan mamnunligini izhor etdilar.
Ayni paytda ishda murojaatlar bilan ishlashda muammolar ham yoʻq emas. Oʻz muammolarini hal etish maqsadida ayrimlar isteʼmolchilar va fuqarolar yuqori organlarga murojaat qiladilar va bu oʻz navbatida ortiqcha ovoragarchiliklar keltirib chiqaradi.
Bir misol keltirsam, nafaqadagi fuqaro farzandi buldozer mashinistining maoshidan norozi boʻlib, oʻgʻli bilan maslahatlashib, korxona rahbariyatiga murojaat qilish oʻrniga Prezident portaliga chiqqan. Vaholanki, murojaatdagi masalani shu yerning oʻzida hal etish mumkin va imkoni bor edi. Aksiyadorlik jamiyati murojaatlar boʻlimida 78 148 30 03 raqamli "Ishonch telefoni" mavjud boʻlib, u orqali istalgan savolni berish, murojaat qilish mumkin.
Bundan tashqari jamiyatning har bir filialida ijro apparati va uning tarkibida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash mutaxassislari mavjud. Agar sizda muammolar boʻlsa, lekin ularni oʻzingiz hal qila olmasangiz, mutaxassisga ogʻzaki yoki yozma ravishda murojaat qiling. Va biz sizga yordam beramiz.
Qutlugʻ TESHABAYEV,
"Oʻzbekkoʻmir" AJ ijro apparati fuqarolar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassis
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Yong‘in xavfsizligi qoidalari targ‘ib qilinmoqda
Respublikamizda 15-noyabrdan boshlangan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-...
O'qishDavlat xizmatchisiga tadbirkorlik taqiqlanadi
Shu yilning 6-dekabr kunidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kiradi. Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyador...
O'qishIste'molchi murojaati joyida ijobiy hal etildi
Aholi iste’molchilariga ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berish jarayonida fuqarolardan tushayotgan takliflar ham inobatga olinib, ular tomonidan kiritilayotgan muammoli masala...
O'qishRespublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-oktabrdagi 2-son bayoniga asosan joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar Respublikamiz hududida “Yon...
O'qish