O‘quv markazi – milliy liboslar bilan
Nashr qilingan sana: 25.07.2025 18:12:02
Milliy liboslar kuni munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati qoshidagi O‘quv markazi jamoasi ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va bugungi ish kunlarini o‘zbek xalqining milliy urf-odatlari va madaniyati ifodasi bo‘lgan milliy liboslarda boshladi.
O‘zbek milliy libosi — bu nafaqat ziynat, balki milliy ruhni, tarixiy merosimizni, xalqimizga xos odob-axloq va an’analarni namoyon etuvchi muqaddas ramzdir. Milliy kiyimda ish faoliyatini olib borish orqali markaz xodimlari xalqimiz qadriyatlariga bo‘lgan hurmatni yanada kuchaytirib, yosh avlod uchun ibrat namunasini yaratmoqdalar.
Ma’lumki, “O‘zbekko‘mir” AJ O‘quv markazi jamiyat uchun sohaga ixtisoslashgan mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash, malakasini oshirish bo‘yicha tizimli faoliyat yuritib kelmoqda. Markaz faoliyati nafaqat ta’limiy jarayonlar bilan, balki ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda ham faolligini ko‘rsatib kelmoqda.
O‘quv markazi jamoasining bu kabi tashabbuslardagi faol ishtiroki nafaqat milliy qadriyatlarni asrash, balki ularni keng targ‘ib qilishga ham xizmat qiladi.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati O‘quv markazi kelgusida ham xalqimiz urf-odatlari va an’anaviy qadriyatlarini e’zozlash, ma’naviy boyliklarimizni yosh avlod ongiga singdirish borasidagi ishlarni izchil davom ettiradi.
(2).jpg)
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish